Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Yoshlar ishlari agentligi

⏳ На проверке
@yoshlaragentligi
Вступить в канал
261149подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
⚡️Kitobxonlik uchun imkoniyatlar kengaymoqda 2026-yilda kitobxonlikni rivojlantirishda kutubxonalardan tortib, muallif va kitobxonlarni rag‘batlantirishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda yangi natijalar qayd etildi. Kitobga kirish imkoniyati qanday kengaymoqda? • 20 ta yangi konstruksiyali kutubxona tashkil etilmoqda; • mahalla kutubxonalari sonini 12 tadan 330 taga yetkazish rejalashtirilgan; • davlat tashkilotlarida 40 ta “Kitob burchagi” tashkil etildi. Bugungi kitobxonlik qamrovi qanday? Milliy kutubxona tizimida 495 ming a’zo mavjud. Kitobxonlik indeksida 248 ta nashriyot, 829 ta kitob do‘koni va 3,1 mln mutolaa foydalanuvchisi qamrab olingan. Mualliflar qanday rag‘batlantirilmoqda? “Iste’dodli muallif” tanloviga 217 nafar ijodkor ariza topshirdi. 29 nafar muallif taqdirlanib, jami 3,2 mlrd so‘m mukofot ajratildi. “Yosh yozuvchilar” tanlovida 201 nafar yosh qatnashdi. 15 nafar g‘olibning asarlari jami 15 ming nusxada chop etilmoqda. Kitobxonning o‘zi-chi? “Top 100 kitobxon” loyihasida hozirgacha 27 455 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Final bosqichi dekabr oyida o‘tkaziladi. Bu raqamlar kitobxonlikda kitob yaratish, uni o‘quvchiga yetkazish va mutolaani rag‘batlantirish bir vaqtda olib borilayotganini ko‘rsatadi. 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
🎬Видео
🚀 Navoiyda yoshlar uchun yangi ta’lim va rivojlanish imkoniyatlari ochildi Navoiy shahridagi Yoshlar sun’iy intellekt va startap markazida yoshlarning bilim olishi, intellektual salohiyatini oshirishi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan uchta yangi loyiha o‘z faoliyatini boshladi. “Intellekt” shaxmat klubi — yoshlarning mantiqiy fikrlash, strategik qaror qabul qilish va intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun yangi maydon. “IELTS School” o‘quv va konsalting markazining yangi filiali — yoshlarning ingliz tilini o‘rganishi, xalqaro til imtihonlariga tayyorlanishi hamda xorijda ta’lim olish imkoniyatlari haqida bilimlarini kengaytirishiga xizmat qiladi. “Navoiy xazinasi” kitob do‘konining yangi filiali — yoshlar uchun kitoblar bilan tanishish, mutolaa qilishga qiziqishni oshirish va kitobxonlik muhitini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Mazkur loyihalar yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, o‘z ustida ishlashi hamda yangi maqsadlar sari intilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Yoshlar ishlari agentligi yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan loyihalarni rivojlantirishda davom etadi. 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
🖼Фото
🚀Yoshlar Ventures’ning San-Fransisko ofisi faoliyati endi yagona platformada O‘zbekistonlik yoshlarning global texnologiyalar ekotizimiga chiqishi, xalqaro aloqalar o‘rnatishi va startaplarini rivojlantirishi uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Kremniy vodiysida faoliyat yuritayotgan Yoshlar Ventures San-Fransisko ofisining rasmiy platformasi ishga tushdi. Endi platforma orqali ofis faoliyati, xalqaro imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish mumkin. Platforma, shuningdek, AQShda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik talaba-muhandislar hamda startap asoschilarining yutuqlari va tashabbuslarini yoritishga xizmat qiladi. Bu tashabbus yosh o‘zbekistonliklarning global texnologiyalar hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalqaro tajriba almashishi va innovatsion g‘oyalarini rivojlantirishi uchun muhim qadamdir. 🔗 Platforma: https://sf.yoshlarventures.uz/ 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
🖼Фото
Ayni vaqtda Prezidentimiz yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligiga o‘z salohiyati bilan kirib borayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda tabiiy resurslar, sanoat korxonalari, muhandislar va bilimli yoshlar bor. Sarmoya va ilg‘or texnologiyalar bilan birga bu imkoniyatlar ko‘proq qiymat yaratishi mumkin. “O‘Z” g‘oyasining iqtisodiy mazmuni ham o‘z salohiyatimizni rivojlantirish, dunyo bilan teng hamkorlik qilish va umumiy kelajak uchun mas’uliyat olishdan iborat. Energetika loyihalarida mis mahsulotlari, kabel, transformator, metall konstruksiyalar va qurilish materiallariga katta talab bor. Prezidentimiz mahalliy korxonalar sifat, narx va standartlar bo‘yicha raqobatlasha olishini qayd etdi. 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
🖼Фото · 10 шт.
⚡️“Zamonaviy kasblar” tanlovida avtomobil va pul mukofotlari! Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Zamonaviy kasblar” tanlovining saralash bosqichlari respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda. Tanlov 3 ta yo‘nalishni qamrab oladi: Eng yaxshi mobilografiya ishi; Eng yaxshi veb-sayt; Eng yaxshi grafik dizayn. 🏆G‘oliblarni quyidagi sovrinlar kutmoqda: 1-o‘rin Changan Uni-E avtomobili; 2-o‘rin 75 million so‘m; 3-o‘rin 50 million so‘m. Tanlov yoshlarning ijodkorligi, bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish, zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazishi uchun imkoniyat yaratadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt

Профиль

Продвижение