6 ноября 2026 г. 8:08
🖼Фото
📚 Kitobning qadri uning yangi yoki eski ekanida emas, nechta inson hayotiga ta’sir qilganida!
Kitobxonlik jamg‘armasi yagona platformada kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, onlayn sotuvchilar va innovatsion loyihalarni birlashtirish uchun hamkorlik taklif etadi.
Siz ham o‘z biznesingizni kengaytirish, mahsulot va xizmatlaringizni yangi auditoriyaga taqdim etish hamda Kitobxonlik jamg‘armasi platformasida o‘z o‘rningizga ega bo‘lishni xohlaysizmi?
🤝 Unda quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi barcha tadbirkor va tashabbuskorlarni hamkorlikka chorlaymiz:
• Ikkinchi qo‘l (second-hand) kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi onlayn sotuvchilar;
• Kitob savdosi va kitobxonlik yo‘nalishidagi onlayn platformalar hamda Telegram-botlar yaratuvchilari;
• Kitobxonlik sohasida innovatsion g‘oya va loyihalarga ega startapchilar;
• Elektron savdo, kitob yetkazib berish va boshqa tegishli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar.
Agar siz ham ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritsangiz yoki hamkorlik uchun qiziqarli taklifingiz bo‘lsa, biz bilan bog‘laning!
Keling, hamkorlikda yangi imkoniyatlar yaratamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram
6 ноября 2026 г. 7:43
🖼Фото · 7 шт.
📚 Oqqo‘rg‘onda yoshlar uchun yana bir kitob maskani!
Kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarning mutolaa qilishiga qulay sharoit yaratish yo‘lida navbatdagi manzilda bo‘ldik.
Oqqo‘rg‘ondagi ushbu shaxsiy kutubxona tashabbuskori tomonidan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat yaratilgan. Kutubxonada avval 1 500 ga yaqin kitob mavjud bo‘lgan bo‘lsa, Kitobxonlik jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan kitoblar hisobiga ularning soni 2 000 dan oshdi.
Eng quvonarlisi, kutubxona egasi kitobxonlikni yanada ommalashtirish maqsadida bolalar kitoblarni bepul o‘qishi uchun maxsus ilovalar ham yaratgan. Shuningdek, yoshlar bu yerga kelib, kitob mutolaa qilishlari, dars tayyorlashlari va bilimlarini oshirishlari mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram
4 ноября 2026 г. 10:35
🎬Видео
📚 Milliy kitobxonlik harakati haqida barcha savollaringizga bitta videoda javob!
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi, ishtirok etish shartlari, kerakli hujjatlar, yosh toifalari va boshqa muhim savollar — barchasini bitta animatsion videoda jamladik.
Videoni oxirigacha tomosha qiling, yaqinlaringizga ham ulashing va Milliy kitobxonlik harakatida faol ishtirok eting!
Unutmang, bilimga yo‘l — mutolaadan boshlanadi! 📖
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram
4 ноября 2026 г. 1:20
🖼Фото
⚡️Kitobxon oilalar bellashuvi davom etadi
“Yosh kitobxon oila” tanlovining 2026-yilgi mavsumi start olmoqda. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlari joriy yilning 6-noyabr kuni soat 10:00 da barcha hududlarda boshlanadi.
Ushbu musobaqada eng faol, bilimdon va kitobga mehr qo’ygan oilalar o’zaro bellashadi.
Quyidagi havola orqali tanlovning o‘tkazilish manzillar bilan tanishishingiz mumkin.
Barcha kitobxonlarga tanlovda omad tilaymiz!
#Yoshkitobxonoila
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
3 ноября 2026 г. 16:00
🖼Фото
📚 “Milliy kitobxonlik” harakati bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
Milliy kitobxonlik harakatida ishtirok etish, ro‘yxatdan o‘tish va testlarni bajarish bo‘yicha savollaringizga javob beramiz!
1. Milliy kitobxonlik harakatida qatnashish uchun sayt ishlayaptimi?
Ha, sayt faoliyat yuritmoqda. Quyidagi havola orqali platformaga kirishingiz va ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:
🔗 https://kitobxonlikharakati.uz/
2. Pasporti bo‘lmagan bolalarning JSHSHIR raqamini qayerdan olish mumkin?
Farzandingizning JSHSHIR raqamini my.gov.uz yoki Soliq ilovasidagi shaxsiy kabinetingiz orqali olishingiz mumkin. Bu xavfsizlik uchun qilindi!
3. O‘tib ketgan oylarning testlarini qanday bajaramiz? Nizomda jarayon may oyidan boshlangan-ku?
Xavotir olmang! Saytda testlar maxsus kartochkalarga ajratib joylashtirilgan. Ularni birinchi kartochkadan boshlab ketma-ket bajarishingiz mumkin.
4. Kitoblarni qayerdan topish mumkin?
Tavsiya etilgan kitoblarni barcha kitob savdo rastalaridan topishingiz mumkin. Shuningdek, barcha kitoblar MUTOLAA ilovasida ham mavjud. Sizga qulay bo‘lishi uchun kitoblarni alohida fayllarga joylashtirdik.
5. Bitta telefon raqami orqali bir nechta bolani ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinmi?
Yo‘q. Har bir ota-ona farzandini o‘z telefon raqami orqali mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
6. Men 11-sinf o‘quvchisiman. Hozir qatnashishni boshlasam, keyingi yil ham ishtirok etishim mumkinmi?
Ha, albatta! Siz hozir ham o‘quvchisiz. Muhimi, harakatda ishtirok etish va kitob mutolaasini davom ettirish!
7. Propiska masalasida qanday talablar bor? Masalan, o‘quvchi viloyatda ro‘yxatda turadi, ammo Toshkent shahrida mkatabda o'qiydi. Bu muammo tug‘dirmaydimi?
Yo‘q, muammo bo‘lmaydi. Muhimi, o‘quvchi tahsil olayotgan maktabda rasmiy ro‘yxatda bo‘lishi, bu ma’lumot maktab tizimi va Kundalik platformasida aks etgan bo‘lishi kerak.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram