18 октября 2026 г. 4:25
🖼Фото · 3 шт.
#xushxabar
🥇 Toshkent viloyati farzandi — jahon chempioni!
Polshada karate WKF bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan Toshkent viloyati farzandi Javohir Jahongirov shohsupa to‘ridan joy oldi.
Bekobodlik sportchi hal qiluvchi final bellashuvida amerikalik raqibini mag‘lub etib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Javohirni tarixiy g‘alaba bilan muborakbod etib, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊Telegram 🌐Facebook 📱Instagram 📺YouTube
17 октября 2026 г. 10:13
🖼Фото · 2 шт.
Zero Waste: Barqaror kelajak sari
Zero Waste — chiqindilarni kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan hayot tarzi. Uning asosiy tamoyillari — iste’molni kamaytirish, buyumlardan qayta foydalanish, chiqindilarni saralash va qayta ishlash.
Kundalik hayotda matoli sumkalardan foydalanish, ortiqcha qadoqlardan voz kechish, buyumlarni ta’mirlash va oziq-ovqat chiqindilarini kompostga aylantirish orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish mumkin.
Zero Waste tamoyillari sirkulyar iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu model resurslarni imkon qadar uzoq vaqt davomida ishlatish, chiqindilarni kamaytirish va materiallarni qayta iqtisodiy muomalaga kiritishga yordam beradi.
Barqaror kelajak har birimizning kundalik tanlovimizdan boshlanadi. Ongli iste’mol va mas’uliyatli munosabat orqali tabiatni asrash, resurslarni tejash va kelajak avlodlar uchun toza muhit yaratishga hissa qo‘shishimiz mumkin.
🕊Telegram 🌐Facebook 📱Instagram 📺YouTube
17 октября 2026 г. 8:19
🎬Видео
Olis hudud yoshlari uchun yangi imkoniyatlar
Qashqadaryo viloyatiga xizmat safarimiz davomida Prezidentimiz tashabbuslari asosida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdik.
Bu yil viloyatdagi ta’lim muassasalarini 85 mingga yaqin yosh tamomlamoqda. Ularning 30 mingga yaqini mehnat bozoriga kirib kelmoqda.
Ularning bandligini ta’minlash uchun 25 mingga yaqin yosh tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish, IT, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratishga e’tibor qaratmoqdamiz.
“Ko‘mak” dasturi orqali olis hududlarda 58 ta o‘quv markazi tashkil etilib, yuzlab ish o‘rinlari yaratildi. Bunday dasturlarni kengaytirish orqali maqsadlarimizga erishamiz.
@alisher_sadullaev
17 октября 2026 г. 3:17
🎬Видео
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Ohangaron yangilanish va taraqqiyot sari
🇺🇿 O‘zbekiston 24 telekanali tomonidan Ohangaron shahri hayoti, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda hududning bugungi taraqqiyotiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tayyorlandi.
🎥 Ko‘rsatuvda shaharning bugungi qiyofasi, erishilayotgan natijalar va istiqboldagi rejalar haqida so‘z boradi.
🕊Telegram 🌐Facebook 📱Instagram 📺YouTube
16 октября 2026 г. 17:21
🎬Видео
🇺🇿 MILLIYLIK — QALBIMIZDA, DO‘PPI — BOSHIMIZDA!
🇺🇿 Ohangaron yoshlari milliylik chellenjiga o‘zgacha ruh va milliy iftixor bilan qo‘shildilar!
Boshimizdagi do‘ppi ajdodlar merosi, milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasi.
Milliyligimizni ardoqlash, urf-odatlarimizni asrab-avaylash va uni yosh avlod qalbiga singdirish — har birimizning sharafli vazifamiz!
🇺🇿 Do‘ppi kiygan bosh egilmas, milliy qadriyatlar unutilmas!
🕊Telegram 🌐Facebook 📱Instagram 📺YouTube