Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

ХAVFSIZLIK 🇺🇿

⏳ На проверке
@xavfsizlik_uz
Вступить в канал
42614подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
🌐 | facebook.com/xavfsizlikuzofficial 🌐 | instagram.com/xavfsizlik_uz_official 🌐 | youtube.com/@xavfsizlik_uz_official
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishini ta’minlash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini ishonch va umumiy taraqqiyot makoniga aylantirish bo‘yicha muhim tashabbuslari bilan ahamiyatli bo‘ldi. MDHning navbatdagi sammiti O‘zbekistonda o‘tadi. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
🖼Фото
🇩🇯 Sintetik narkotiklar savdosiga chek qo‘yildi   ❗️ Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida joylashgan “Uch qahramon” YPX maskanida poytaxt hududiga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirildi. Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 2004-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan shaxsga tegishli sellofan paket ichida 200 dona zip paketlarga qadoqlangan jami 365 gr “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. 🇺🇿So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, u vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Toshkent tumanidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzildan ham 734 gr “Mefedron”, 63 gr “Alfa-PVP”, 45 gr “Spays”, 2 dona elektron tarozi, zip-paketlar va boshqa ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Aniqlanishicha, muqaddam o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan mazkur shaxs hozirda internet narkodo‘konda “zakladchik” sifatida ishlayotgan bo‘lgan. ⚖️ Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
🖼Фото
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
🎬Видео
🇩🇯 Surxondaryoda qariyb 42 kg narkotik musodara qilindi 🇺🇿 Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatidan harakatlanib kelgan, Denov tumanida yashovchi, 1977 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina mazkur tuman hududida to‘xtatilib, tekshirildi. Natijada, uning yukxonasiga o‘rnatilgan gaz balloni ichiga 43 dona o‘ramda jami 41 kg 904 gr “opiy” moddasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu narkotikni olib ketish uchun kelgan vaqtida 1960 va 1983 yillarda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan denovlik va sariosiyolik 2 nafar fuqaro ushlandi. Tezkor tadbirning keyingi bosqichida esa qo‘shni davlatdan olib kelingan narkotik moddalar buyurtmachisi hisoblangan – 1978 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, Sariosiyo tumanida yashovchi shaxs ham qo‘lga olindi. ⚖️ Hozirda narkosavdogarlarning barchasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
🖼Фото
🕋“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish fosh qilindi   ❗️Bugun mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod bilan bog‘liq huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yurtdoshlarimizning “Umra” ziyoratiga borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Biroq, ayrim sayyohlik firmalari belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmagan holda, fuqarolarni Saudiya Arabistoniga muborak safarga yuborishlari oqibatida hamyurtlarimiz chet elda sarson bo‘lganliklari, ezgu amallarni xavfsiz va mukammal ado etishda turli qiyinchiliklarga duch kelganliklari achchiq haqiqat. Kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan muntazam ravishda zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 🚨Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi turfirma ishchisi “Umra” ziyoratini tashkil etish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasada, 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborish uchun 4400 AQSH dollari talab qilib, oldindan 1100 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. ⚖️ Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ⏰ Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. 🛡 Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Профиль

Продвижение