9 ноября 2026 г. 13:30
🖼Фото
Uç xil vaqt nazorati, 24 nafar iştirokçi va 650 ming dollar — Total Chess ertaga boşlanadi!
⚡10-noyabr kuni Vengriya poytaxti Budapeştda yangi formatdagi Total Chess World Championship Tour sinov turniri start oladi.
Bu oddiy şahmat musobaqasi emas. Unda iştirokçilar uç xil vaqt nazoratida özaro bell aşadi:
⚡️Fast Classic — 45 daqiqa + har yurişga 30 soniya
⏱️Rapid — 15 daqiqa + 10 soniya
⚡️Blits — 3 daqiqa + 2 soniya
🔥Musobaqada dunyoning 24 nafar kuçli şahmatçisi iştirak etadi. Ular orasida Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Alireza Firuja, Arjun Erigaisi, Praggnanandhaa, Aniş Giri va özbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham bor!
Turnirning ilk kuni 9 turdan iborat blits musobaqasi ötkaziladi. 11–15-noyabr kunlari esa şahmatçilar 4 ta guruhga bölinib, Fast Classic formatida kuraşadi.
Guruh bosqiçida ğalaba uçun 3 oçko, durang uçun esa 1 oçko beriladi.
17-noyabrdan pley-off bahslari boşlanadi. Unda şahmatçilar bir-biriga qarşi blits, rapid va Fast Classic formatlarida öynaydi. Musobaqa 20-noyabr kuni yakunlanadi.
💰Umumiy mukofot jamğarmasi — 650 000 AQŞ dollari. Turnir ğolibi 80 000 dollarni qölga kiritadi.
👉Birinçi kun blits bahslari 10-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da boşlanadi.
2027-yilda rasman yo‘lga qo‘yiladigan Total Chess jahon çempionati turining ilk sinovi aynan Budapeştda bölib ötadi.
🔖Jahon toji uçun bahsga 15 kun qoldi!
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova
9 ноября 2026 г. 13:26
🎬Видео
Budapeshtda Total Chess turniri boşlaniş arafasida!
🔖Jahon toji uçun bahsga 15 kun qoldi!
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova
9 ноября 2026 г. 11:07
🖼Фото
🇳🇴Karlsen: «Abdusattorov bilan maşğulotlar meni reallikka qaytardi»
Magnus Karlsen 7-noyabr kuni UNICEF uçun taşkil etilgan xayriya jonli efirida Nodirbek Abdusattorov bilan maşğulotlari, şahmatdagi intuisiya va kelgusi musobaqalar haqida gapirdi.
🇺🇿Abdusattorov bilan maşğulotlar haqida:
«Dunyoning eng yaxşi şahmatçilaridan biri bilan öynab, biroz reallikka qaytasan», — dedi Karlsen.
Uning aytişiça, internetda köplab blits partiyalarini öynaş ayrim zararli odatlarni şakllantiradi. Nodirbek bilan maşğulotlar esa bu jihatdan foydali bölgan. Karlsen, şuningdek, Abdusattorov oğlida ham juda yaxşi taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Yurişlarining 90 foizi intuisiyaga asoslanadi
Karlsenning aytişiça, u köpinça faqat bitta nomzod yurişni körib çiqadi. Ba’zan ikki yoki uçta variantni hisoblaydi. Bundan köprog‘ini izlaşga töğri kelsa, odatda pozitsiyasida muammo borligini bildiradi.
Total Chess haqida
Karlsen yangi formatni qiziqarli, ammo biroz taşvişli deb baholadi. U musobaqada iştirok etişni intiqlik bilan kutyaptimi, degan savolga avvaliga hazil bilan javob berdi.
🇹🇷Istanbuldagi jahon çempionatiga boradimi?
Karlsen rapid va blits böyiça jahon çempionatining Turkiyada ötkazilişi uning iştirok etiş ehtimolini sezilarli darajada oşirişini bildirdi. Biroq hozirça yakuniy qaror qabul qilmagan.
Şuningdek, Karlsen London tizimi haqida ham fikr bildirib, bu debyut avval öylanganidan ança boy va murakkab ekanini ta’kidladi.
🔖Jahon toji uçun bahsga 15 kun qoldi!
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova
8 ноября 2026 г. 8:47
🖼Фото
Gukesh – Sindarov: Jahon çempionligi maçida vaqt nazorati qanday böladi?
FIDE 2026-yilgi jahon çempionligi matçida qöllaniladigan vaqt nazoratini tasdiqladi.
Har bir şahmatçiga dastlabki 40 ta yurişni amalga oşiriş uçun 120 daqiqa (2 soat) beriladi.
40-yurişdan söng har bir şahmatçining soatiga yana 30 daqiqa qoşiladi. Bu vaqt partiyaning qolgan qismi uçun möljallangan.
41-yurişdan boşlab esa har bir yuriş uçun qoşimça 30 soniyadan vaqt berib boriladi.
👉Muhim jihati, dastlabki 40 ta yuriş davomida hech qanday qoşimça vaqt berilmaydi. Şu sababli şahmatçilar vaqtni töğri taqsimlaşga alohida e’tibor qaratişlari kerak böladi.
Jahon çempionligi matçi 24-noyabr kuni Jenevada boşlanadi va köpi bilan 14 ta klassik partiyadan iborat böladi.
🔖Jahon toji uçun bahsga 16 kun qoldi!
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova
7 ноября 2026 г. 14:08
🖼Фото
Rapid Arenada iştirok eting!
⚡️Vaqt nazorati: 10+0
🕖Boşlanish vaqti: 20:00
🎁Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — 3 oylik Uzchess Premium
🥈 2-o‘rin — 1 oylik Uzchess Premium
🥉 3-o‘rin — 1 oylik Uzchess Premium
♟ Iştirok etiş uçun şu yerga bosing
🔖Jahon toji uçun bahsga 17 kun qoldi!
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova