16 октября 2026 г. 14:00
🎬Видео
UzAuto Motors yolg‘on va asossiz ma’lumotlarni tarqatib, jamoatchilikni chalg‘itmaslikni so‘raydi!
Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors go‘yoki Chevrolet Cobalt, Tracker, Onix va Damas avtomobillarini boshlang‘ich to‘lovsiz taklif qilayotgani haqidagi videolar keng tarqaldi.
Alohida ta’kidlaymizki, ushbu yolg‘on xabarni tarqatgan sahifa muallifining kompaniyaga ham dilerlik tarmoqlariga ham umuman aloqasi yo‘q. Muallifning o‘zi ham navbatdagi chiqishida ma’lumotlar asossiz ekanini tan olib, rasman raddiya berdi.
Shu sababli, barchani ushbu videolardagi xabarlarga ishonmaslikka va muallifning raddiyasini ko‘rib chiqishga chaqiramiz.
https://www.instagram.com/reel/DejbRfAIEFy/?utm_source=ig_web_copy_link&dlrf=MzRlODBiNWFlZA==&srtk=MzRlODBiNWFlZA==
Mazkur noto‘g‘ri xabarni tarqatgan OAV, bloger va kanal adminlaridan o‘z sahifalaridagi eski postlarni o‘chirishni yoki tuzatish kiritib, mamlakat aholisiga to‘g‘ri ma’lumotni yetkazishni so‘raymiz.
UzAuto Motors har doim ochiq va samimiy muloqotga tayyor. Biroq, noto'g'ri ma’lumot ekanligi haqida munosabat bildirilgandan keyin ham uni haqiqat deb tarqatishda davom etayotganlarga nisbatan kompaniya o‘z sha’ni va ishchanlik obro‘sini himoya qilishda huquqiy choralar ko‘rish uchun tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishini ta’kidlab o‘tadi.
Barcha jamoatchilik vakillaridan kompaniyamiz faoliyatiga oid har qanday axborotni e’lon qilishdan avval uni rasmiy manbalarimiz orqali qayta tekshirib olishlarini so‘rab qolamiz.
——-
UzAuto Motors просит: не вводите людей в заблуждение, распространяя ложную и необоснованную информацию!
В социальных сетях широко распространились видеоролики, в которых утверждается, что UzAuto Motors якобы предлагает автомобили Chevrolet Cobalt, Tracker, Onix и Damas без первоначального взноса.
Особо подчеркиваем, что автор страницы, распространивший эту ложную информацию, не имеет никакого отношения ни к нашей компании, ни к ее дилерской сети.
Сам автор в своем последующем выступлении признал, что эти сведения не имеют под собой оснований, и официально их опроверг.
В связи с этим призываем всех не доверять информации в указанных видеороликах и ознакомиться с опровержением автора.
https://www.instagram.com/reel/DejbRfAIEFy/?utm_source=ig_web_copy_link&dlrf=MzRlODBiNWFlZA==&srtk=MzRlODBiNWFlZA==
Просим блогеров и администраторов каналов, распространивших эту недостоверную информацию, удалить соответствующие публикации со своих страниц либо внести в них исправления и довести до населения страны достоверные сведения.
UzAuto Motors всегда готова к открытому и честному диалогу. Вместе с тем компания подчеркивает, что в отношении лиц, продолжающих выдавать недостоверную информацию за правду даже после публикации разъяснений о её недостоверности, компания оставляет за собой право обратиться в соответствующие уполномоченные органы для принятия правовых мер по защите своей чести и деловой репутации.
Просим всех представителей общественности перед публикацией любой информации о деятельности нашей компании проверять её достоверность по нашим официальным источникам.
Web sayt |Instagram |Facebook |You Tube |Telegram
14 октября 2026 г. 8:23
🖼Фото
107 000 сум в день на оплату нового Chevrolet Cobalt!
Задумывались ли вы о том, сколько средств расходуете ежедневно и на какие цели? Небольшие повседневные траты со временем могут складываться в значительную сумму.
При покупке нового Chevrolet Cobalt в рассрочку платёж в пересчёте на день составляет в среднем 107 000 сум.
UzAuto Motors предлагает приобрести Cobalt в рассрочку напрямую, без участия банка, на следующих условиях:
Первоначальный взнос – 50%
Срок рассрочки – 24 месяца
Количество автомобилей ограничено.
Расчёты приведены для базовых комплектаций. Размер платежей зависит от выбранной комплектации.
14 октября 2026 г. 8:23
🖼Фото
107 000 so‘m yangi Chevrolet Cobalt uchun kunlik to‘lov!
Hisoblab ko‘rganmisiz kuniga qancha pul sarflaysiz? Nimalarga ishlatasiz? Ko‘pincha mayda-chuyda xarajatlar bilinmay yig‘ilib, katta summaga aylanadi.
Endi bir o‘ylab ko‘ring: kuniga o‘rtacha 107 000 so‘m yangi Chevrolet Cobalt uchun kunlik to‘lovingiz bo‘lishi mumkin!
UzAuto Motors Cobalt’ni bank aralashuvisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash asosida xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi:
Boshlang‘ich to‘lov – 50%
To‘lov muddati – 24 oy
Avtomobillar soni ko’p emas, ulgurib qoling!
Hisob-kitoblar boshlang‘ich komplektatsiyalar uchun keltirilgan. To‘lovlar tanlangan komplektatsiyaga qarab farqlanadi.
13 октября 2026 г. 5:02
🖼Фото
Ayrim ijtimoiy tarmoqlar va internet sahifalarida goʻyoki Chevrolet Cobalt avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz, bo‘lib to‘lash (rassrochka) sharti asosida sotuvga chiqarilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
UzAuto Motors mazkur xabarlar haqiqatga togʻri kelmasligini ma’lum qiladi va jamoatchilik vakillaridan xalqqa tasdiqlanmagan axborotni va yolg’on xabar tarqatmaslikni soʻraydi.
——
В некоторых социальных сетях и интернет-ресурсах распространяется информация о том, что автомобили Chevrolet Cobalt якобы будут предлагаться к продаже в рассрочку без первоначального взноса.
UzAuto Motors официально заявляет, что данная информация не соответствует действительности, и призывает представителей общественности воздержаться от распространения среди населения неподтверждённых и ложных сведений.
9 октября 2026 г. 10:12
🎬Видео
“AUTO TOUR DAY”: ishlab chiqarish jarayonidan ochiq muloqotgacha
“UzAuto Motors” AJning Asaka shahridagi zavodida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun “AUTO TOUR DAY” press-turi tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Jurnalistlar presslash, payvandlash va bo‘yoqlash sexlari, ishlab chiqarish liniyasi hamda sifat nazorati jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
Press-turdan so‘ng jurnalistlar va kompaniya vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyada amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya, yangi loyihalar va modellar qatorini kengaytirish, shuningdek, mahalliylashtirish va kooperatsiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumanining muhim qismi ochiq savol-javob shaklida o‘tdi. OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni kompaniya mutasaddilariga bevosita berib, ularga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida Chevrolet Equinox PHEV va Chevrolet Suburban High Country avtomobillarining taqdimoti o‘tkazildi. Ishtirokchilar avtomobillar bilan yaqindan tanishib, ularning asosiy xususiyatlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.
Ushbu tadbir ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita ko‘rish, kompaniya vakillari bilan ochiq muloqot qilish hamda “UzAuto Motors” AJda amalga oshirilayotgan loyihalar va yangiliklar bilan yaqindan tanishish uchun navbatdagi ochiq maydonga aylandi.
—
«AUTO TOUR DAY»: от производственного процесса до открытого диалога
На заводе UzAuto Motors в городе Асака для представителей средств массовой информации и блогеров был организован пресс-тур «AUTO TOUR DAY».
В ходе мероприятия участники получили возможность непосредственно ознакомиться с процессом производства автомобилей. Журналисты посетили прессовый, сварочный и окрасочный цеха, производственную линию, а также ознакомились с процессом контроля качества.
После экскурсии по производству состоялась пресс-конференция с участием представителей компании. В ходе встречи журналистам рассказали о проводимой цифровой трансформации, новых проектах и расширении модельного ряда, а также о работе по локализации и развитию производственной кооперации.
Важной частью пресс-конференции стал открытый диалог с журналистами. Представители СМИ смогли напрямую задать руководителям и специалистам компании интересующие их вопросы и получить подробные ответы.
Завершилось мероприятие презентацией автомобилей Chevrolet Equinox PHEV и Chevrolet Suburban High Country. Участники смогли поближе познакомиться с автомобилями, их основными особенностями и возможностями.
Данное мероприятие стало очередной площадкой для знакомства с производством изнутри, открытого диалога с представителями компании и получения информации о проектах и изменениях, происходящих в АО «UzAuto Motors».
Web-site | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | LinkedIn