18 октября 2026 г. 11:41
🖼Фото
🏃♂️ TURIZM FAKULTETIDA STOL TENNIS MUSOBAQASI O‘TKAZILADI!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm fakulteti 1- kurs talaba-yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasi hamda Dekan kubigi doirasida stol tennis sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etiladi.
Sana: 2026-yil, 19-oktyabr (dushanba)
Vaqt: 13:00
Manzil: Sobiq Moliya sport majmuasi
Barcha sportsevar talabalarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz! O‘z kuchingizni sinab ko‘ring va g‘alaba sari dadil qadam tashlang!
Ishtrokchilar guruh tyutorlariga murojat qiladi.
Tyutorlar ro’yxatni shakillantiradi!
Eslatib o’tamiz ushbu musoboqa Ijtimoiy faollikda katta bal beradi.
Turizm fakultetining rasmiy sahifasi https://t.me/turizm_fakulteti_tdiu
18 октября 2026 г. 11:29
🖼Фото
🏃♂️ TURIZM FAKULTETIDA YENGIL ATLETIKA MUSOBAQASI O‘TKAZILADI!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm fakulteti 1- kurs talaba-yoshlari o‘rtasida Dekan kubigi hamda “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida yengil atletika sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etiladi.
Sana: 2026-yil, 19-oktyabr (dushanba)
Vaqt: 13:00
Manzil: Moliya binosi oldidagi sport majmuasi
Barcha sportsevar talabalarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz! O‘z kuchingizni sinab ko‘ring va g‘alaba sari dadil qadam tashlang!
Ishtrokchilar guruh tyutorlariga murojat qiladi.
Tyutorlar ro’yxatni shakillantiradi!
Eslatib o’tamiz ushbu musoboqa Ijtimoiy faollikda katta bal beradi.
Turizm fakultetining rasmiy sahifalari
https://t.me/tdiu_official
18 октября 2026 г. 10:26
🖼Фото · 3 шт.
#Turizm #Qoraqalpog‘iston #Xo‘jayli
Universitet vakillari tomonidan mamlakatimiz turizm siyosatini rivojlantirish va yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mamlakatimiz turizm siyosatini rivojlantirish va yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, maktab rahbariyati hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
Batafsil saytda
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
17 октября 2026 г. 11:48
🖼Фото · 3 шт.
#Turizm #SeminarTrening
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm va mehmonxona biznesi kafedrasi mudiri A. Eshtayev tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida turizm sohasini yana-da rivojlantirish, turizm xizmatlari sifatini oshirish hamda ushbu yo‘nalishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Batafsil saytda
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
17 октября 2026 г. 10:20
🖼Фото · 5 шт.
📍 Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm va mehmonxona biznesi kafedrasi professori Sayyora Safayeva tomonidan Nukus shahridagi besh yulduzli Ramada by Wyndham Nukus mehmonxonasining Food & Beverage (F&B), Front Office va Housekeeping xizmatlari xodimlari uchun amaliy trening va master-klasslar o‘tkazildi.
Shuningdek, mehmonxona boshqaruv xodimlari uchun xonalar bandlik koeffitsiyentini (Occupancy Rate) oshirish, daromadlarni samarali boshqarish (Revenue Management), narx siyosatini takomillashtirish va sotuv kanallaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulotlarda mehmonxona xizmatlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, nonushta va restoran servislarini takomillashtirish, mehmonlarni kutib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish, professional muloqot madaniyati, xonalarni tayyorlash hamda mehmonlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalardagi salbiy sharhlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mehmonlar qoniqishini ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram