25 октября 2026 г. 15:06
🎬Видео
🎨 ART CLUB DA: Autumn Art - kuzning ijodiy nafasi 🍁 🍁
🎓TDIU hududida Art Club tomonidan kuzgi kayfiyatga boy ijodiy master-klass tashkil etildi! Bu safar biz oddiy qog'ozlarda emas, balki shamlar va qovoqlarda o'z tasavvurimizni namoyon etdik🎃
🕯️ Shamlarda ijod: Ishtirokchilar shamlarni turli naqshlar, ranglar va o'ziga xos bezaklar bilan bezab, ularga yangi ko'rinish bag'ishladilar.
🎃Qovoqlardagi san'at: Kuzning eng sevimli ramzlaridan biri bo'lgan qovoqlar ijodkorligimiz uchun haqiqiy ilhom manbaiga aylandi. Har bir ishtirokchi o'z g'oyasi va uslubini aks ettirdi.
🍂 Kuzgi atmosfera: Iliq ranglar, ijodiy g'oyalar va samimiy muhit bizga kuzning go'zalligini his gilish, kundalik tashvishlardan biroz uzoqlashish va yangi taassurotlar olish imkonini berdi.
🎨 San'at — bu nafaqat rasm chizish, balki oddiy buyumlarga ham o'z tasavvurimiz orqali yangi hayot baxsh etishdir!
Bugungi master-klassda qatnashgan barcha ijodkor talabalarga katta rahmat! Birgalikda kuzni yanada rang-barang va unutilmas qildik.
✨Art Club bilan har bir fasl - yangi ilhom, har bir g'oya esa san'atga aylanish imkoniyati!
Keyingi ijodiy uchrashuvlarimizda sizni ham kutib qolamiz!
16 октября 2026 г. 5:06
🎬Видео
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
🇺🇿TDIUni birga yaxshilaymiz!
📰Universitetimizni yanada yaxshi qilishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Rektoratga aytmoqchi bo‘lgan, ammo hali imkon topolmagan muammo yoki taklifingiz bormi?
⏺Universitetimizni qanday ko‘rishni xohlashingizni bizga ayting. Sizning fikringiz TDIUni talabalar uchun yanada qulay va foydali qilishimizga katta yordam beradi.
• Qisqa, anonim so‘rovnomani to‘ldiring
📅 Muddat: 25-oktabrgacha
👉So'rovnoma uchun havola
💬Fikrlaringizni suhbatda aytmoqchimisiz?
Ekspertimiz bilan onlayn uchrashuvga yoziling va barcha taklif hamda g‘oyalaringizni bevosita yetkazing.
👉 Uchrashuv uchun havola
Har bir fikr muhim. Birgalikda TDIUni yanada yaxshiroq qilamiz! 🚀
#TDIU #SizningOvozingiz
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
15 октября 2026 г. 8:53
🖼Фото
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
🇺🇿TDIUni birga yaxshilaymiz!
📰Universitetimizni yanada yaxshi qilishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Rektoratga aytmoqchi bo‘lgan, ammo hali imkon topolmagan muammo yoki taklifingiz bormi?
⏺Universitetimizni qanday ko‘rishni xohlashingizni bizga ayting. Sizning fikringiz TDIUni talabalar uchun yanada qulay va foydali qilishimizga katta yordam beradi.
• Qisqa, anonim so‘rovnomani to‘ldiring
📅 Muddat: 25-oktabrgacha
👉So'rovnoma uchun havola
💬Fikrlaringizni suhbatda aytmoqchimisiz?
Ekspertimiz bilan onlayn uchrashuvga yoziling va barcha taklif hamda g‘oyalaringizni bevosita yetkazing.
👉 Uchrashuv uchun havola
Har bir fikr muhim. Birgalikda TDIUni yanada yaxshiroq qilamiz! 🚀
#TDIU #SizningOvozingiz
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
14 октября 2026 г. 9:16
🖼Фото · 5 шт.
💖💖💖
🎨 ARTVERSE— san’at, ilhom va ijod uchrashgan maskan! ✨
2026-yil 10-oktabr kuni Moliya fakulteti qoshidagi Art Club tomonidan ajoyib ARTVERSE ijodiy tanlovi va tadbiri tashkil etildi! 🖌️
Ushbu kun ijodkorlik, yangi g‘oyalar, samimiy taassurotlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini namoyon etib, san’atga bo‘lgan mehrlarini o‘ziga xos tarzda ifoda etdilar. Har bir ijodiy ish ortida alohida fikr, o‘ziga xos qarash va muallifning betakror dunyosi mujassam edi. 🎭
ARTVERSE bizga yana bir bor san’atning eng go‘zal jihatini eslatdi: har bir insonning o‘z ovozi, o‘z ranglari va o‘z hikoyasi bor. Ba’zan birgina chizgi minglab so‘zlar aytolmagan fikrlarni ifodalashi mumkin. 💫
Biz uchun bu shunchaki tanlov emas, balki iste’dodlarni kashf etish, ijodkorlarni birlashtirish va yangi ilhom manbalarini yaratish sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
Barcha ishtirokchilarga, g‘oliblarga va tadbirimizga o‘z hissasini qo‘shgan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 👍 Sizning ijodingiz va ishtiyoqingiz Art Club’imizni yanada yorqin qiladi.
Bu hali boshlanishi! Oldinda bizni yanada ko‘proq ijodiy loyihalar, yangi g‘oyalar va unutilmas uchrashuvlar kutmoqda. 🌟
Art Club — bu shunchaki klub emas, bu ijodkorlik yashaydigan makon! 🎨
9 октября 2026 г. 6:08
🖼Фото
🟦🟦🟦 🟦🟦
Birovning xayolidagi qahramonni chiza olasizmi?
🔥TDIU Moliya fakulteti hamda Art Club jamoasi san’at ixlosmandlarini ushbu ijodiy sinovga chorlaydi.
❗️Kimdir tasvirlaydi, siz esa uning xayolidagi personajni yaratasiz! “ArtVerse — O‘zgalar tasavvuri” tanlovida tasavvur, ijod va mahorat bir nuqtada uchrashadi.
⏰Boshlanish vaqti: 10-oktyabr, soat 11:00 da
📍 Manzil: TDIU Moliya kampusi, 11-bino, 407-xona
🔵 @moliya_fakulteti