19 октября 2026 г. 4:16
🎬Видео
#Axborot24 | 17.10.2026
Xalqaro akkreditatsiya sari muhim qadam
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
19 октября 2026 г. 4:16
🖼Фото · 2 шт.
#Ozarbayjon #Muloqot #Yoshlar
TDIU rektori Ozarbayjonda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi
Ozarbayjon Respublikasiga tashrif doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Kongratbay Sharipov Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi.
📰Uchrashuv avvalida rektor K. Sharipov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini xalqaro maydonlarda namoyish etishlari uchun davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, muloqot davomida yoshlarning xorijda chuqur bilim va amaliy tajriba orttirib, o‘z sohalari bo‘yicha xalqaro darajadagi raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlari hamda vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari nihoyatda muhim ekani ta’kidlandi.
Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi hamda kelgusi rejalari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
Batafsil saytda
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
19 октября 2026 г. 4:16
🖼Фото · 3 шт.
#Ozarbayjon #Tashrif #Xalqaro_hamkorlik
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida strategik “Yo‘l xaritasi” imzolandi
Ozarbayjon va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining II forumi doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Kongratbay Sharipov Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Adalat Jalal Muradov bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Oliygohlar o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda yangi bosqichga olib chiqish masalalari muloqot markazida bo‘ldi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini izchil rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar akademik mobilligi dasturlarini kengaytirish, shuningdek, ikki universitet olimlari ishtirokida qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan manzilli “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Batafsil saytda
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
18 октября 2026 г. 6:19
🎬Видео
💙 One team. One story. Countless memories.
A day full of laughter, new connections and unforgettable moments. ✨🌍
Relive the best moments of our Team Building with International Club TSUE!
18 октября 2026 г. 6:19
🖼Фото · 5 шт.
📸 Moments we’ll always remember!
New friendships, genuine smiles and memories made together. Every moment made this day special. 💫
Thank you to everyone who made our Team Building unforgettable! 💙