21 октября 2026 г. 12:40
🎬Видео
🇺🇿 Qadring baland bölsin, ona tilim!
📚 21-oktabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi barça yurtdoşlarimizni samimiy muborakbod etadi.
💐 Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviy merosimiz kelajak avlodlarga bezavol yetib borsin!
🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
21 октября 2026 г. 7:06
🖼Фото
#YoshlarOvoziGazetasi
🙋♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang.
📰 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing!
☑️ Respublika ishchi guruhi Qashqadaryoda
☑️ Xalqimizning bebaho boyligi
☑️ Yoshlar tadbirkorligiga 3 trln so‘m
☑️ Haydovchilik guvohnomasi: imtihon narxlari asoslimi?
☑️ Erta nikoh: to‘yga shoshilmang, kelajakni tanlang!
☑️ O‘zbekiston parasportchilaridan yorqin start
☑️ Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
☑️ O‘zbekistonda “Google Pay” ishga tushirildi
☑️ “Ibn Sino” xalqaro mukofoti ta’sis etiladi
🗞 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣Telegram 2️⃣Instagram
3️⃣Facebook📺You tube
20 октября 2026 г. 19:09
🎬Видео
#OʻzbekTili
🙋 Til – millat ko‘zgusi, millat ruhidir!
🖋 1989-yil, 21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Ya’ni, o‘zligini, o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!
🗒 Har bir millatning iftixori, gʻururi – uning oʻz milliy tili ekanligi azaldan eʼtirof etiladi. Zero, har bir xalq oʻz tilining ijodkoridir. Bugun avlodlar oldida tilimiz sofligi va kamoloti uchun barchamiz birdek burchlimiz.
🎉 Aziz yoshlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Sizlarni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
18 октября 2026 г. 16:35
🎬Видео
#maxsus_reportaj
👍 Joriy yilning 9–11-oktabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oliy ta’lim yetakchilarining forumi” yuzasidan maxsus tahliliy reportaj tayyorlandi.
#ott #yetakchi #forum2026
🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
17 октября 2026 г. 13:09
🖼Фото
🎭 Poytaxt yoshlari “Sahna Quiz” intellektual shousiga taklif etiladi!
🙋 Bilimingizni sinash, zukkoligingizni namoyon etish va do‘stlaringiz bilan maroqli vaqt o‘tkazishga tayyormisiz?
🎯 “Sahna Quiz” — bilim, mantiqiy fikrlash, ko‘tarinki kayfiyat va qiziqarli bellashuvlarni o‘zida jamlagan intellektual shou!
✨ Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
✨ Qiziqarli va noodatiy savollar;
✨ Kutilmagan javoblar va kulgili lahzalar;
✨ Hayajonli intellektual bellashuvlar;
✨ Homiylar tomonidan taqdim etiladigan qimmatbaho sovg‘alar;
✨ Shou-biznes vakillari bilan bir jamoada o‘ynash va yangi tanishlar orttirish imkoniyati.
🤔 Qanday ishtirok etish mumkin?
5 nafardan iborat jamoangizni shakllantirib, intellektual bellashuvda ishtirok etishingiz mumkin.
Jamoangiz yo‘qmi? Unda yakka tartibda ham ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Tashkilotchilar sizni boshqa ishtirokchilar bilan bir jamoaga birlashtiradi.
📍 Manzil: Matbuotchilar ko‘chasi, 17
📲 Ro‘yxatdan o‘tish: Sahna Quiz Telegram boti
📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Umidulla_Zayliyev
#sahna_quiz #foydali
🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube