17 октября 2026 г. 15:06
🖼Фото · 7 шт.
🟦🟦🟦
TDIU Andijon fakultetida talabalar bilan ochiq muloqot, “Zakovat Quiz” va biznes-lanch tashkil etildi
☑️ TDIU Andijon fakultetida TDIU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamenti rahbari Shoxrux Baymuradov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
▶️Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari muhokama qilinib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi:
🟠 1-, 2- va 3-kurs talabalari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish;
🟠 Talabalarning startap g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda akseleratsiya markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
🟠 Dars jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
🟠 Andijon fakulteti talabalarini ham O‘zbekiston bo‘ylab sayohat loyihalariga jalb etish;
🟠Talabalarning sport zalidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
📌 Tashrif doirasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini ham tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida g‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi:
🟠1-o‘rin — Shiddat jamoasi (BIA-50/24) — 2 000 000 so‘m pul mukofoti;
🟠2-o‘rin — Dominantus jamoasi (AI-50/24) — 1 500 000 so‘m pul mukofoti;
🟠3-o‘rin — Nuroniylar jamoasi (BHA-51/24) — 1 000 000 so‘m pul mukofoti;
🔥Shuningdek, fakultet koordinatorlari, “Qalqon” guruhi a’zolari va faol talabalar ishtirokida biznes-lanch tashkil etildi. Uchrashuvda talabalarning yangi loyiha va tashabbuslari hamda yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
16 октября 2026 г. 14:59
🖼Фото · 5 шт.
️️️️
#tdiu_andijon_fakulteti #BirOydaBirKitob #Kitobxonlik
🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Bir oyda bir kitob” loyihasi tashkil etildi.
☑️Mazkur loyiha kafedra professor-o‘qituvchisi Q. To‘raboyev, kafedra mudiri A. To‘ychiyev, universitet tyutori M. Satimova hamda Talaba qizlar koordinatori F. Aminova tomonidan o‘tkazildi.
🔥Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va kitobxonlikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar bilan o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr almashilib, ularni muntazam kitob o‘qishga undovchi tavsiyalar berildi.
☑️Kitobxon yoshlar — yuksak tafakkur va yorqin kelajak bunyodkorlaridir!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti rasmiy ijtimoiy tarmoq kanallari:
✅telegram 🌐instagram
16 октября 2026 г. 14:18
🖼Фото · 6 шт.
️️️️️️
#CS16 #Kibersport #tdiu_andijon_fakulteti
🇺🇿TDIU Andijon fakultetida o‘tkazilayotgan CS 1.6 kibersport turniri qizg‘in davom etmoqda!
⚔️Navbatdagi bahs:
🟠Moliya 51/24 🆚 🟠BIA 10/26
☑️Yakuniy hisob: 2:0
🥇Moliya 51/24 jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqich sari muhim qadam tashladi!
☑️Har ikki jamoaga faol ishtiroki uchun rahmat! Barcha ishtirokchilarga keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz!
🔥TDIU Andijon fakulteti — raqobat, mahorat va g‘alaba sari!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti rasmiy ijtimoiy tarmoq kanallari:
✅telegram 🌐instagram
14 октября 2026 г. 13:04
🖼Фото · 6 шт.
️️️️
#tdiu_andijon_fakulteti #TDIU
🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakultetiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
✅Tashrif davomida vakillar fakultetda yaratilgan moddiy-texnik sharoitlar, talabalarning ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlar, talabalar turar joyidagi sharoitlar hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi va ta’lim berish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✅Shuningdek, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi va talabalarning bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishuv amalga oshirildi.
✅Mazkur tashrif fakultet faoliyatini o‘rganish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni tahlil qilish hamda mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
✅Tashrif doirasida ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish, talabalarga yaratilgan sharoitlarni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan faoliyatning ahamiyati alohida e’tirof etildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti rasmiy ijtimoiy tarmoq kanallari:
✅telegram 🌐instagram
14 октября 2026 г. 13:03
🖼Фото
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
#TDIUAndijon #Zakovat #IntellektualOyin #SovrinliZakovat #Yoshlar
🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakultetida “Zakovat Quiz” bo’lib o’tadi.
😎Bilimingizni sinab ko‘rishga va yirik pul mukofotlarini qo‘lga kiritishga tayyormisiz?
TDIU Andijon fakultetida talabalar o‘rtasida sovrinli “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etiladi!
🏆G‘oliblar uchun pul mukofotlari:
🥇1-o‘rin — 2 000 000 so‘m!
🥈2-o‘rin — 1 500 000 so‘m!
🥉3-o‘rin — 1 000 000 so‘m!
📅Sana: 15-oktabr, payshanba
⏰Vaqt: 11:00
📍 Manzil: TDIU Andijon fakulteti, o‘quv xonasi
👥 Jamoa a’zolar 6 kishi
💡Bilimingiz, mantiqiy fikrlashingiz va jamoaviy ishlash qobiliyatingizni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat!
✅Eng zukko jamoa bo‘lish va bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun imkoniyatni boy bermang!
✅Do‘stlaringizni jamlang va Zakovatga tayyorlaning!
✅Bilim — eng katta boylik, zakovat esa g‘alaba kaliti!
Ro’yhatdan o’tish
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti rasmiy ijtimoiy tarmoq kanallari:
✅telegram 🌐instagram