Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar

⏳ На проверке
@tdiu_ilmiy
Вступить в канал
1756подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
🔬 PhD • DSc • doktorantura 📚 Scopus • Web of Science • OAK 🌍 Grant • stipendiya • internship 📢 Qabul • seminar • himoya • tanlov 📌 Ilmiy faoliyat uchun kerakli ma’lumotlar bir joyda. 🌐 ilmiytdiu.uz
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото · 5 шт.
📣 ORBiS o‘quv-seminari 3-to‘lqinining test bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi! 📌 2026-yil 21-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Eksperimental Iqtisodiyot” laboratoriyasi hamda Moody’s Analytics hamkorligida tashkil etilgan “Akademik va empirik tadqiqotlar uchun ORBiS ma’lumotlar bazasi bilan ishlash” o‘quv-seminar dasturining 3-to‘lqini doirasida yakuniy test sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 📊 Mazkur test bosqichi ishtirokchilarning o‘quv-seminar davomida egallagan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini, xususan, ORBiS ma’lumotlar bazasidan foydalanish, murakkab qidiruv filtrlari bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda empirik tadqiqotlar uchun zarur ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish bo‘yicha bilimlarini baholashga qaratildi. 🎓 Ushbu o‘quv-seminar dasturi tadqiqotchilar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash salohiyatini oshirish, empirik tadqiqotlar sifatini yaxshilash hamda zamonaviy tadqiqot metodologiyalarini amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi. ✅ Test natijalari belgilangan tartibda sarhisob qilinib, ishtirokchilarga ma’lum qilinadi. 🔝 Telegram | 🌐 LinkedIn
🖼Фото
🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI! Bugun xalqimizning milliy o‘zligi, boy ma’naviy merosi va madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ona tilimiz — o‘zbek tilining bayrami keng nishonlanmoqda. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy tariximizda muhim voqea bo‘ldi. Ona tilimiz nafaqat milliy qadriyatlarimiz ifodasi, balki ilm-fan, ta’lim, innovatsiyalar va zamonaviy tafakkur taraqqiyotining ham muhim vositasidir. Bugungi kunda o‘zbek tilida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy terminologiyani rivojlantirish, milliy ilmiy adabiyotlar yaratish hamda ilmiy natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy jamoasi nomidan barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, ilm-fan va ma’rifat taraqqiyotiga xizmat qilaversin! Ona tilimiz — milliy iftixorimiz, ilm-fan va taraqqiyotimiz poydevori! 🔗 @tdiu_ilmiy
📚 SCOPUS BAZASIDAN CHIQARILGAN JURNALNI QANDAY ANIQLASH MUMKIN? Ilmiy maqola chop ettirish uchun jurnal tanlayotganda uning Scopus bazasida mavjudligini tekshirishning o‘zi yetarli emas. Jurnalning hozirgi indekslanish holati va qamrov yillarini ham aniqlash zarur. Quyida buni tekshirishning 5 bosqichli amaliy tartibi keltirilgan. 1. Scopus Sources platformasiga kiring Rasmiy havola: https://www.scopus.com/sources Ushbu platformada Scopus bazasiga kiritilgan ilmiy nashrlar haqida ma’lumot olish mumkin. 2. Jurnalni ISSN orqali qidiring Qidiruv maydoniga jurnalning ISSN yoki E-ISSN raqamini kiriting. Jurnal nomi orqali ham qidirish mumkin. ISSN orqali qidirish o‘xshash nomdagi jurnallarni chalkashtirmaslikka yordam beradi. 3. Jurnalning indekslanish holatini tekshiring Jurnal sahifasidagi quyidagi ma’lumotlarga e’tibor bering: • Coverage status — indekslanish holati; • Scopus coverage years — bazada qamrab olingan yillar; • Publisher — nashriyot nomi; • ISSN / E-ISSN — jurnalning identifikatsiya raqamlari. Agar jurnal sahifasida “Coverage discontinued in Scopus” holati ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning qamrovi to‘xtatilganini va buning sababini aniqlashtirish zarur. 4. Discontinued Sources ro‘yxatini tekshiring Elsevier kompaniyasi Scopus bazasida qamrovi to‘xtatilgan nashrlar ro‘yxatini e’lon qiladi. Rasmiy manba: https://www.elsevier.com/products/scopus/content Sahifadagi “Source title list” Excel faylini yuklab olib, discontinued sources ro‘yxatidan jurnalni ISSN yoki nomi orqali qidiring. 5. Yakuniy xulosa chiqaring Tekshiruv natijasida quyidagilarni aniqlang: • Jurnalning Scopus bazasidagi joriy holati qanday? • Indekslash qaysi yillarni qamrab olgan? • Jurnalning qamrovi to‘xtatilganmi? • Maqola chop etilishi rejalashtirilgan davr indeksatsiya holatiga mos keladimi? Muhim eslatma! Jurnalning Scopus bazasidan chiqarilishi unda ilgari chop etilgan barcha maqolalar avtomatik ravishda bazadan o‘chiriladi degani emas. Odatda avval indekslangan maqolalar saqlanib qoladi. Shuningdek, jurnalning Scopus bazasida topilishi uning bugungi kunda ham faol indekslanayotganini kafolatlamaydi. Tavsiyamiz: maqolani jurnalga yuborishdan va nashr to‘lovini amalga oshirishdan oldin jurnalning holatini rasmiy Scopus manbalari orqali tekshiring. 📌 Keyingi postda: “Scopus bazasidan chiqarilgan jurnalda chop etilgan maqola ilmiy natija sifatida hisobga olinadimi?” 🔗 @tdiu_ilmiy — ilmiy faoliyat uchun ishonchli va foydali ma’lumotlar.
🎬Видео
📢 30 YOSHGACHA BO‘LGAN YOSHLAR UCHUN MILLIY INNOVATSION TANLOV! Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” yo‘nalishida milliy innovatsion tashabbuslar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi — yoshlar o‘rtasida inson huquqlari ta’limini rivojlantirish, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb muammolarga innovatsion yechimlarni rag‘batlantirish. Kimlar ishtirok etishi mumkin? Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, jumladan, talabalar, magistrantlar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar belgilangan talablarga muvofiq ishtirok etishlari mumkin. Tanlov nominatsiyalari: 1. Eng yaxshi o‘quv kursi; 2. Eng yaxshi rasm; 3. Eng yaxshi videorolik; 4. Eng yaxshi o‘quv adabiyoti; 5. Eng yaxshi ilmiy yoki ommabop maqola; 6. Eng yaxshi bilimdon; 7. Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi. 📅 Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati — 2026-yil 15-noyabr. Ishtirok etish tartibi: Talabgorlar belgilangan namunadagi ariza, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, talab etiladigan fotosuratlar hamda tanlov materiallarini elektron shaklda taqdim etishlari lozim. Ariza topshirish: 🌐 Rasmiy portal: https://konkurs.nhrc.uz/ Telegram bot: @konkurs_nhrc_uz_bot Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining talabalari, magistrantlari, doktorantlari va yosh tadqiqotchilarini mazkur tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Batafsil ma’lumot: https://insonhuquqlari.uz/oz/news/m18374 🔗 @tdiu_ilmiy — ilm-fan va innovatsion imkoniyatlar!
📢 “INNOWEEK–2026” XALQARO INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGIGA TAKLIF ETAMIZ! 📅 2026-yil 27–29-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. 🚀 Haftalik doirasida ilm-fan, innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan 17 dan ortiq tadbir tashkil etilishi rejalashtirilgan. 🔹 Haftalik dasturidan: ▪️ Xalqaro forumlar, ilmiy konferensiyalar va seminarlar; ▪️ Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun startap tanlovlari, master-klasslar va treninglar; ▪️ Xorijiy ekspertlar, mutaxassislar hamda investorlar bilan uchrashuvlar; ▪️ Sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, biotexnologiya, yashil energetika va boshqa yo‘nalishlardagi innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmalari; ▪️ Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yuqori natijalarga erishgan olimlarni taqdirlash marosimi. 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: https://innoweek.uz/ 🎓 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari va bakalavriat talabalarini mazkur xalqaro haftalikda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 📋 Ishtirok etish istagida bo‘lganlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari hamda ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish uchun mas’ul bo‘limga o‘z ma’lumotlarini taqdim etishlari so‘raladi. 💡 Innovatsiyalar sari birgalikda! 🔗 @tdiu_ilmiy — ilm-fan va innovatsiyalar olamidagi muhim yangiliklar!

Профиль

Продвижение