31 октября 2026 г. 15:04
🎬Видео
🎬 Nur’ning TDIU-Kremsdagi sarguzashtlari davom etmoqda!
Navbatdagi qism Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda fakultet koordinatorlariga ishonch yorliqlarini topshirish marosimiga bag‘ishlanadi.
📺 Boshqa qismlarni tomosha qilish uchun quyidagi
👉👉havolani bosing! 👈👈
30 октября 2026 г. 15:01
🖼Фото · 4 шт.
📚 “Ma’rifat darslari”: xalqaro hamkorlik va mamlakat taraqqiyoti
2026-yil 23-oktabr kuni TDIU–KREMS AFU Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakultetida “Ma’rifat darslari” doirasida quyidagi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi:
🌎 “O‘zbekiston va AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi yo‘nalishlari”
💻 “Raqamli ta’lim orqali yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish”
⚡️ “Yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar va investitsiyaviy imkoniyatlar”
📈 Mashg‘ulotlar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xalqaro hamkorlik, raqamli ta’limni rivojlantirish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
🎓 Tadbir talabalarning mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga oid bilimlarini kengaytirish va zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlariga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Bilim va ma’rifat — taraqqiyot sari muhim qadam!
30 октября 2026 г. 11:12
📣 DIQQAT, MUSOBAQA ISHTIROKCHILARI!
Ertaga bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqasining ochilish marosimida universitet rahbariyati hamda sport sohasi vakillari ishtirok etishini inobatga olib, barcha sport turlari ishtirokchilaridan (mini-futbol, voleybol — qizlar va yigitlar, stol tennisi) soat 08:30 da belgilangan lokatsiyada yig‘ilishlari so‘raladi.
📍 Uchrashuv joyi: yuborilgan lokatsiya.
Barchangizni belgilangan vaqtda kutamiz! Ko‘rishguncha! 💪🏆
30 октября 2026 г. 9:21
🖼Фото
📣 DIQQAT, TALABA-YIGITLAR! 🏐
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” voleybol musobaqasining universitet bosqichida ishtirok etuvchi jamoamiz a’zolaridan 31-oktabr kuni soat 09:00 da Sport majmuasiga yetib kelishlari so‘raladi.
Jamoa tarkibi:
Lesov Ismail Nurmat o‘g‘li — F-3
Jurayev Bogdan Erkinovich — F-6
Berkinbayev Abdulaziz Akbar o‘g‘li — F-1
Sodiqov Sardor Xikmat o‘g‘li — F-10
Eshonqulov Asilbek Xurshid o‘g‘li — F-12
Qodirberganov Javohir Mirzabekovich — F-12
Mirazimov Faxriyor Diyor o‘g‘li — F-5
Masobirov Asadbek Sanjarbek o‘g‘li — F-5
Abduqodirov Abdulxakim Qobiljon o‘g‘li — F-5
🏐 1-o‘yin: KREMS — raqib fakultet jamoasi.
📣 Jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha muxlislarni ham chorlaymiz! Musobaqa lokatsiyasi qo‘shimcha yuboriladi.
📩 Murojaat uchun: @abbosxon_j
🏆 Yigitlarimizga omad va g‘alaba tilaymiz! 💪