8 ноября 2026 г. 14:54
🖼Фото
🔥Tezkor xushxabar Qozog'istonning Astana shahrida kurash bo'yicha XV Jahon chempionatida 52kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Hilola Ortiqboyeva Jahon chempionatining 🥇oltin medalini qo’lga kiritdi.
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram
8 ноября 2026 г. 9:04
🖼Фото · 7 шт.
Birinchi Liga: Guliston final bosqichi yo’lanmasini qo’lga kiritdi.
Guliston - Azur 2:0
⚽️ Azamat Abduhalilov, 70 (1:0), Asilbek Umurzaqov, 89 (2:0)
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram
7 ноября 2026 г. 18:50
🎬Видео · 3 шт.
💼 “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining yopilish marosimi davomida sportchilar, murabbiylar, hakamlar va tashkilotchilar bir qator nominatsiyalar bilan taqdirlandilar
“Muxlislar mehrini qozongan delegatsiya” – Sirdaryo viloyati
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram
7 ноября 2026 г. 18:20
🖼Фото · 10 шт.
“Prezident Olimpiadasi”ning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilgan tadbirda olimpiada ishtirokchilari, rasmiylar, sport sohasi vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdi.
Marosimning rasmiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi rasmiylar sahnaga taklif etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining olimpiada ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi hamda Davlat madhiyasi yangradi.
Yopilish marosimi doirasida olimpiada davomida o‘z mahorati, iqtidori va yuksak sport natijalarini namoyon etgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar hamda hududiy delegatsiyalar tantanali taqdirlandi.
Jumladan, “Eng iqtidorli sportchi”, “Rekord natija qayd etgan sportchi”, “Eng namunali trener” va “Eng yaxshi hakam” nominatsiyalari bo‘yicha munosib ishtirokchilar e’tirof etildi.
Shu bilan birga, “G‘alabaga bo‘lgan yuksak irodasi va jamoaviy birdamligi uchun”, “Ayrim sport turida lider bo‘lgan delegatsiya”, “Ishtirokchilar tarkibida gender tengligi ta’minlangan delegatsiya”, “Sport maktablari eng ko‘p medal jamg‘argan viloyat delegatsiyasi”, “Sport turlari geografiyasini kengaytirishga munosib hissa qo‘shayotgan hudud”, “Muxlislar mehrini qozongan delegatsiya” va “Istiqbolli delegatsiya” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.
Bundan tashqari, Olimpiya va Paralimpiya sport turlarida eng yaxshi natija ko‘rsatgan hududiy delegatsiyalar alohida e’tirof etildi.
Joriy yilgi musobaqalarda olimpiya sport turlari bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlari, parasport turlari bo‘yicha esa Xorazm, Navoiy va Andijon viloyatlari peshqadamlik qildi.
Tadbirning badiiy qismida mamlakatimizning taniqli san’atkorlari, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib, kechaga bayramona kayfiyat bag‘ishladilar.
“Prezident olimpiadasi” yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish, hududlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona hamkorlik muhitini mustahkamlash yo‘lidagi muhim tashabbus sifatida ahamiyat kasb etdi.
Tantanali yopilish marosimi olimpiada ishtirokchilarining mehnati, matonati va sportga bo‘lgan sadoqatini e’tirof etgan holda yakunlandi.
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram