Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Shahrisabz shahar hokimligi

⏳ На проверке
@shahrisabz_shahar_hokimligi
Вступить в канал
10335подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Veb-sayt: https://gov.uz/oz/shakhrisabzgov Facebook: https://www.facebook.com/shahrisabzlik/ Instagram: https://www.instagram.com/shahrisabz_shahar_matbuot/ Telegram: https://t.me/shahrisabzshbugun Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot Xizmati ©
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
“Qayerda bo‘lmanglar, men vatandoshlarimizni doimo sog‘inib, eslab yuraman. Sizlarning yaxshi yashashingiz, tezroq Vatanga qaytishingiz uchun O‘zbekistonda barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. Ilm olish, bilim egallash, uy-joyli bo‘lish uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi vatandoshlar bilan muloqotda.
🖼Фото · 7 шт.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с рабочим визитом в город Анкару. Высоких гостей встретили вице-президент Турецкой Республики Джевдет Йылмаз и другие официальные лица. #Mirziyoyev #tashrif #Turkiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🖼Фото · 10 шт.
"Yengil sanoatni moliyaviy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" tomonidan yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga Hukumat qarorida belgilagan quyidagi yo'nalishlarda ko'mak beradi. ✅ Standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish 🟠Yengil sanoat mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish uchun xalqaro standartlar muhim ahamiyatga ega. 🟠Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarga xalqaro standartlar va sertifikatlarni (ISO, OEKO-TEX, GOTS va boshqalar) joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. — Sertifikatlash xizmatlari — Laboratoriya sinovlari — Konsalting va texnik hujjatlarni tayyorlash 🟠Bu imtiyoz mahsulotlaringizning raqobatbardoshligini oshiradi va eksport imkoniyatlarini kengaytiradi. ✅ Yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish 🟠Jamg‘arma yengil sanoat korxonalarining xalqaro va mahalliy yarmarka hamda ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarini qoplaydi. — Stend ijarasi — Ekspozitsiya tayyorlash — Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlari ✅ Eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun resurs ajratish 🟠Jamg‘arma eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun tijorat banklariga resurs ajratadi. — Xomashyo xaridi — Ishlab chiqarish — Yetkazib berish ✅ Sug‘urta mukofoti xarajatlarini kompensatsiya qilish 🟠Jamg‘arma tomonidan eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofoti xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. — Tadbirkor moliyaviy xavflardan himoyalanadi — Eksport faoliyati yanada barqaror bo‘ladi ✅ Tovar va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalarida joylashtirish 🟠Jamg‘arma Amazon, Alibaba, Etsy va boshqa xalqaro elektron savdo platformalarida mahsulotlarni joylashtirish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. — Platformaga joylashtirish — Kontent va katalog tayyorlash — Raqamli reklama ✅ Xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash 🟠Jamg‘arma xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, shuningdek: — Ofis — Savdo va ombor binolari — Ijara xarajatlarini qoplashda yordam beradi. ✅ Xorijiy konsalting kompaniyalar va mutaxassislarni jalb qilish 🟠Jamg‘arma xorijiy konsalting kompaniyalari va malakali mutaxassislarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi. — Strategiya — Marketing — Eksportni rivojlantirish ✅ Xorijdan malakali dizayner va mutaxassislarni jalb qilish 🟠Jamg‘arma yengil sanoat korxonalariga xorijdan dizayner, texnolog, marketolog va konstruktorlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab beradi. — Dizayn sifati oshadi — Mahsulot zamonaviylashadi ✅ Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish 🟠Jamg‘arma moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (IFRS) asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. — Konsalting — Hisobotlarni moslashtirish ✅ Ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish 🟠 Jamg‘arma ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi. — ERP, CRM tizimlari — Xarajatlarni kamaytirish — Samaradorlikni oshirish ✅ Brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va jalb qilish Brend — bu sizning imijingiz. 🟠Jamg‘arma mahalliy va xorijiy bozorlarda brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rivojlantirish xarajatlarini qoplaydi. — Tovar belgisi — Xalqaro himoya ✅ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga murojaat qiling. ☎️ +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) ✅ Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://adli.uz/ 🌐 https://gov.uz/oz/adli #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
🖼Фото · 3 шт.
KUZ-QISH MAVSUMI: SHAHRISABZ SHAHARDA AHOLI KO‘MIR BILAN TA’MINLANMOQDA Shahrisabz shahrida 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish hamda aholi ehtiyojini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy mavsumda shahar aholisi uchun jami 3 500 tonna ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Ko‘mir mahsulotlari temiryo‘l vagonlari orqali omborga keltirilib, mahallalar kesimida tasdiqlangan grafik asosida aholiga tarqatilmoqda. Ta’minot jarayonida ko‘mir mahsulotlarini belgilangan tartibda yetkazib berish, taqsimotda uzluksizlikni ta’minlash hamda fuqarolarga qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘mir ombori manzili: Shahrisabz shahri, Pillakashlik mahallasi, Pillakashlik ko‘chasi, 119-uy. Murojaat uchun: +998 90 789-12-31
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана отбыл в эту страну с рабочим визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Turkiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Профиль

Продвижение