3 ноября 2026 г. 12:39
🖼Фото · 8 шт.
🔔Asosiy fan olimpiadasining II bosqich g‘oliblari taqdirlandi!
🔹Bugun, 3-noyabr kuni Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining II tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📍Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Aziz Kamolov, maktab rahbarlari, fan olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etdi.
🔰Tadbirda A. Kamolov o‘quvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
✅Marosim so‘ngida o‘quvchilarni bilim va izlanishda davom etishga undab, ustozlar mehnatini e’tirof etgan holda, viloyat bosqichida tuman sharafini munosib himoya qilish muhimligi ta’kidlandi.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
3 ноября 2026 г. 12:39
🖼Фото · 8 шт.
🔔Asosiy fan olimpiadasining II bosqich g‘oliblari taqdirlandi!!!
3 ноября 2026 г. 9:57
🖼Фото
189 BALL — MUDDATIDAN OLDIN TALABA!
Koson tumani 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-«B» sinf o‘quvchisi Davronov Sardor Amin o‘g‘li maksimal 189 ball to‘plab, muddatidan oldin talabalikka qabul qilinish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Uning natijalari:
Matematika — A+
Ona tili — C+
Tarix — C+
IELTS — 7.0
SAT — 1210
CEFR — 63 ball
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Sardorning kelgusi o‘qishlari va faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
3 ноября 2026 г. 9:39
🖼Фото
#Tayinlov
Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Möminov Sarvar Murodoviç Ta’lim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi Raqamlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining Raqamlaştiriş va sun’iy intellektni rivojlantiriş boşqarmasi Sun’iy intellektni rivojlantiriş bölimi boşliği lavozimida işlagan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3 ноября 2026 г. 9:02
🖼Фото
Attestatsiya sinovida yuqori natija!
G‘uzor tumani 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili fani o‘qituvchisi Dilafruz To‘sheba attestatsiya sinovida sertifikatdan foydalanmagan holda 92 ball to‘plab, oliy malaka toifasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija pedagogga 70 foizlik ustama olish, «Yil o‘qituvchisi» tanlovida ishtirok etish hamda vazir ustamasiga nomzod bo‘lish imkonini berdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram