Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Odiljon Tojiyev

⏳ На проверке
@odiljon_tojiyev
Вступить в канал
2479подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
13.10.2026добавлен
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojievning rasmiy kanali https://taplink.cc/odiljon.tojiyev
⚽ Спорт🌐 Индонезийский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

Auditoriya nimani kutyapti? Media iste’moli bo‘yicha milliy tadqiqot odamlar mediadan nimani kutayotganini ham ko‘rsatdi. Respondentlarning 46,6 foizi soxta axborot tarqalishini dolzarb muammo deb biladi, 27,6 foizi chuqurroq tahlil kutadi, 40,6 foizi kundalik muammolar haqida axborot yetishmasligini aytadi. Odamlar ko‘proq xabar emas, tekshirilgan va o‘ziga kerakli ma’lumot kutyapti. Shuning uchun xolis axborotning manbadan o‘chirilishiga, muallifga bosim o‘tkazilishiga qat’iy qarshi turishimiz kerak. Tadqiqot 14 hududni qamrab olgani yana bir narsani ko‘rsatadi: media iste’molini faqat Toshkent mezonlari bilan baholab bo‘lmaydi. Hududlardagi auditoriyaning o‘z talabi va o‘z savollari bor. Milliy media assotsiatsiyasining vazifasi ham shundan kelib chiqadi: media makondagi barcha ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish, a’zolarimizning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, hududiy medianing salohiyatini oshirish, tahliliy jurnalistikani rivojlantirish. Shov-shuvli sarlavha auditoriyani bir marta jalb qilishi mumkin, uni ushlab qolish uchun esa ishonch kerak. Media kelajagini ana shu ishonch belgilaydi. Odiljon Tojiyev
🖼Фото
Media uchun eng katta kapital bu auditoriya ishonchi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda media iste’moli bo‘yicha milliy tadqiqot” o‘tkazildi. So‘rovni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish respublika markazi 8–19 sentabr kunlari barcha 14 hududda 1 411 kishi ishtirokida o‘tkazdi. Juda muhim mavzu. Natijalarga ko‘ra, yangilik olishda Telegram yetakchilik qilmoqda. Ko‘pchilik bir nechta manbadan foydalanadi: respondentlarning 51,6 foizi yangilikni Telegramdan, 44,6 foizi televideniyedan, 41,6 foizi ijtimoiy tarmoqlardan oladi. Ammo raqamlar tahlilida ahamiyatli jihat bor. Televideniyega respondentlarning 44,3 foizi ishonadi, Telegram-kanallarga esa 11,3 foizi. Ya’ni raqamli platformalar rivojlanayotganiga qaramay, televideniyega ishonch yuqori. Auditoriya afzal ko‘radigan telekanallar qatorida Milliy TV va O‘zbekiston 24 bilan birga assotsiatsiyamiz a’zolari Zo‘r TV va Sevimli TV ham bor. Demak, xususiy media ham katta auditoriya uchun raqobatlasha oladi. Ko‘p o‘qilish hali ishonch degani emas. Bu farq har bir tahririyat uchun o‘ylab ko‘rishga arziydigan savol. Odiljon Tojiyev
🎬Видео
Pekin | 28-30 oktabr, 2026 Odiljon Tojiyev
🖼Фото
Raqamlar va g’oyalar Pekin safari yakunlandi. Endi navbat bo‘lib o‘tgan ishlarni tahlil qilishga. Har qanday islohotni ikki narsa orqali baholash mumkin: natijasi va uni harakatga keltirgan g‘oya. Raqamlar taraqqiyot natijalarini ko‘rsatadi, g‘oyalar esa uning yo‘nalishini belgilaydi. Pekinda Prezidentimizning “O‘zbekiston: barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida” kitobining xitoy tilidagi nashri taqdimotida xitoylik hamkasblarimiz oldida aynan shu fikrni ilgari surdim. Davlatimizning natijalarini hamma biladi. O’tgan yili iqtisodiyot 7,7 foiz o’sdi, yalpi ichki mahsulot 147 milliard dollardan oshdi. Kambag’allik 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi, birgina 2025-yilda 1 435 ta mahalla kambag’allikdan xoli bo’ldi. Lekin chetdan kuzatayotgan odamga raqamning o’zi ko’p narsa aytmaydi. U o’sish qayerga yo’naltirilganini va qarorlar qanday mantiq bilan qabul qilinganini bilmoqchi bo’ladi. Statistikada bu savolga javob yo'q. Bu mantiq kitobdagi “inson - jamiyat - davlat” tamoyilida aniq ko’rinadi. Bu tartib 2023-yilgi Konstitutsiyaga asos qilib olingan. “Tashabbusli byudjet” esa shu tamoyilning amaldagi ko’rinishi: byudjetdan qaysi yo’l yoki maktab ta’mirlanishini odamlarning o’zi ovoz berib hal qiladi. Mamlakatni raqamlar orqali bilish mumkin, uni tushunish uchun esa g’oyalarini o’qish kerak. Xitoylik o’quvchi endi bu imkonga ega. Odiljon Tojiyev
🖼Фото
Bugun - 21-oktyabr, O‘zbek tili bayrami kuni. 1989-yilning shu kunida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu qaror o‘z davrida katta jasorat talab qilgan, uning ortida fidoyi ziyolilarimizning yillar davomidagi kurashlari turibdi. Har bir xalq dunyoni o‘z tili orqali ko‘radi va anglaydi. “Ko‘ngil”, “uyat”, “bag‘rikenglik” kabi so‘zlarimizni boshqa tilga to‘liq tarjima qilish qiyin. Chunki ularda xalqimizning ming yillik hayot tajribasi, qadriyatlari va fe’l-atvori bor. Tilni yo‘qotgan xalq o‘z xotirasidan ham mahrum bo‘ladi. Ajdodlarimiz asrlar osha asrab kelgan bu merosni bekam-u ko‘st kelajak avlodga yetkazish bugun bizning zimmamizda. Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman! Odiljon Tojiyev

Профиль

Продвижение