9 октября 2026 г. 14:19
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi.
Bundan ilgariroq Erkinjon Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
9 октября 2026 г. 10:10
🎬Видео
Samarqand davlat tibbiyot universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi yakunlandi
Jarayonda jami 29 nafar ekspert, jumladan, 8 nafar xorijiy va 21 nafar mahalliy ekspert ishtirok etdi.
Akkreditatsiya jarayoni Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) xalqaro ekspertlari tomonidan bevosita kuzatib borildi va baholandi.
WFME ekspertlari Agentlikning tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash amaliyotini real jarayon misolida, ya'ni, tashqi baholash, ekspertlar faoliyati, o‘zini o‘zi baholash hisobotlarini tahlil qilish, manfaatdor tomonlar bilan ishlash, qaror qabul qilishning mustaqilligi va shaffofligi kabi jarayonlarga e’tibor qaratgan holda o‘rgandi.
Ayni paytda Agentlikning tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyatini WFME tomonidan xalqaro tan olish jarayoni davom etmoqda.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
8 октября 2026 г. 5:33
🖼Фото
#Hafta_raqami
Texnikumlarda pedagoglarning qariyb 60 foizi — 40 yoshgacha
Bugun kasbiy ta’lim tizimida yosh, zamonaviy yondashuvlarga ochiq pedagoglar ulushi yuqori ekanligini quyidagi raqamlarda ko'rish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi texnikumlarda 27 911 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Ularning 16 424 nafari, ya’ni 58,9 foizi 40 yoshgacha bo‘lgan pedagoglardir.
Shundan:
➖8 556 nafar — 30 yoshgacha;
➖7 868 nafar — 30–39 yosh.
Bu ko‘rsatkich kasbiy ta’lim tizimida yosh mutaxassislar avlodining faol shakllanayotganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida esa 40 yoshgacha bo‘lgan pedagoglar ulushi Navoiy viloyatida — 67 foiz, Buxoro viloyatida — 66,7 foizni tashkil etmoqda.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
7 октября 2026 г. 15:22
🖼Фото
O‘zbekiston ta’lim sifatini ta’minlash tizimi AQShning Xalqaro sifatni ta’minlash hamjamiyatiga qo‘shildi
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi AQShning Oliy ta’limni akkreditatsiyalash kengashi (CHEA) huzuridagi Xalqaro sifatni ta’minlash guruhi (CIQG) to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi.
Bu Agentlikning xalqaro sifatni ta’minlash tizimiga integratsiyalashuvi, yetakchi xorijiy sifatni ta’minlash va akkreditatsiya tashkilotlari bilan institutsional hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Oliy ta’limni akkreditatsiyalash kengashi 3 000 ga yaqin diplom beruvchi kollej va universitetlarni hamda 60 dan ortiq institutsional va dasturiy akkreditatsiya tashkilotlarini birlashtiradi.
Tashkilot AQShda oliy ta’lim akkreditatsiyasi, akademik sifat va akkreditatsiya tashkilotlarini tan olish masalalaridagi asosiy milliy institutlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning o‘zida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi bir qator yirik xalqaro va mintaqaviy tarmoqlarga qo‘shildi:
INQAAHE — 300 dan ortiq sifatni ta’minlash va akkreditatsiya tashkilotlarini birlashtiruvchi global tarmoq;
APQN — 45 dan ortiq mamlakat va hududdan 200 dan ziyod tashkilotni birlashtiruvchi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy tarmog‘i;
CEENQA — 28 mamlakatdan 46 ta tashkilotni birlashtiruvchi Markaziy va Sharqiy Yevropa tarmog‘i;
ENQA — Yevropa oliy ta’limda sifatni ta’minlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook