8 ноября 2026 г. 14:07
📎 2027_1_chorak_Mustaqil_izlanuvchilikka_talabgorlar_ro'yxati.pdf (202.3 КБ)
📣📣📣📣📣
#Mustaqil_izlanuvchilikka_suhbat
🤩 Namangan davlat pedagogika institutiga https://daraja.ilmiy.uz platformasi orqali 2027-yil 1-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun joriy yilning 13-noyabr kuni soat 09:00 da suhbat tashkil etiladi.
⏺Talabgorlar o'zlari bilan olib kelishlari kerak bo'lgan hujjatlar:
➡️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport);
➡️ Ilmiy-tadqiqot mavzusi asosnomasi;
➡️ Ilmiy rahbar rozilik xati;
➡️ Ilmiy rahbar ma’lumotlari (pasport, INN raqam, ilmiy darajasi va unvoni);
➡️ Dissertatsiya mavzusiga oid chop etilgan 1 ta maqola hamda 2 ta tezis (DSc talabgorlar uchun 3 ta maqola 2 ta tezis);
(hujjatlarni yig'ma fayl papkaga solish tavsiya etiladi) olib kelishlari, shuningdek mutaxasislik fanidan asosiy tushunchalarni takrorlab kelishlari so'raladi.
Ilmiy rahbar rozilik xati NAMUNA
Eslatma: har bir izlanuvchi suhbat vaqtidan 10 – 20 daqiqa oldin belgilangan joyga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so‘raladi.
Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi 2-qavat.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
8 ноября 2026 г. 12:33
📎 NamDPI_2027_yil_uchun_oliy_ta’limdan_keyingi_ta’lim_talabgorlari.pdf (268.4 КБ)
📢📢📢📢📢
#NamDPI
2027-YIL UCHUN OLIY TA'LIMDAN KEYINGI TA'LIMGA KIRISH IMTIHONLARI
🤩 Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihonlarini o‘tkazish reja-grafigi hamda baholash mezonlari e’lon qilinmoqda.
Biriktirilgan hujjatlar orqali talabgorlar mutaxassislik fanidan o‘tkaziladigan imtihon va suhbat jarayonlarini baholash tartibi va mezonlari, shuningdek, imtihonlarning o‘tkazilish sanasi, vaqti hamda manzillari bilan tanishib olishlari mumkin.
❗️ Barcha talabgorlardan biriktirilgan hujjatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon va suhbat jarayonlarida belgilangan sana, vaqt va manzillarga muvofiq ishtirok etishlari so‘raladi.
Eslatma: Har bir talabgor imtihon boshlanishidan 10–20 daqiqa oldin belgilangan joyga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishi shart. Talabgorlar reja-grafikda belgilangan kunda va vaqtda ishtirok etishlari lozim. Belgilangan vaqtda imtihon jarayonida ishtirok etmagan talabgorlarga qayta imtihon topshirish imkoniyati berilmaydi.
👉 Namangan davlat pedagogika institutiga 2027-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihonlari dasturlari. 👈
📍 Institut manzili: Namangan shahar Uychi ko'chasi 316-uy.
🌱 Institut web-sayti: https://www.namspi.uz/
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
8 ноября 2026 г. 4:50
🖼Фото
📢 “QUVNOQ STARTLAR” SPORT MUSOBAQASIGA TAKLIF ETAMIZ!
Namangan davlat pedagogika institutida 11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuniga bağişlab professor-öqituvchi ayollar va xodimlar örtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi taşkil etiladi.
🔗 Batafsil o‘qish
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram 📸 Instagram 🔵 Facebook 🔴 YouTube
8 ноября 2026 г. 4:50
🖼Фото
📢 VOLEYBOL SPORT MUSOBAQASI ÖTKAZILADI!
Namangan davlat pedagogika institutida professor-öqituvchi ayollar örtasida sağlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jismoniy faollikni oşiriş, jamoaviy hamkorlik va döstona muhitni mustahkamlash maqsadida voleybol sport musobaqasi taşkil etiladi.
🔗 Batafsil o‘qish
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram 📸 Instagram 🔵 Facebook 🔴 YouTube
7 ноября 2026 г. 11:11
📎 NamDPI_Respublika_Konferensiya_AXBOROT_XATI_4_12_2026_UZ,_RUS,_ENG.pdf (290.9 КБ)
🟦🟦🟦🟦🟦
🙄 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan 2026-yil 3-4-dekabr kunlari “Zamonaviy ta’lim muhitida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik-psixologik jihatlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda.
🔹 Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.
📝 Konferensiya uchun maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
📑 KONFERENSIYA YO'NALISHLARI:
🟣 1-SHO‘BA. Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantirish;
━━━━━━━━━━━━━━
🟣 2-SHO‘BA. Zamonaviy pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish yo‘nalishlari:
━━━━━━━━━━━━━━
🟣 3-SHO‘BA. Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’limni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari:
━━━━━━━━━━━━━━
🟣 4-SHO‘BA. Raqamli ta’lim, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish:
━━━━━━━━━━━━━━
🟣 5-SHO‘BA. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi muhit va ta’lim-tarbiya metodikasi:
━━━━━━━━━━━━━━
🟣 6-SHO‘BA. Ma’naviy-axloqiy tarbiya, ijtimoiy-pedagogik faoliyat va barkamol shaxsni shakllantirishning dolzarb masalalari.
📚Maqolalar quyidagi bazalarda indekslanadi:
➡️ Google Scholar;
➡️ Zenodo DOI;
➡️ Open AIRE;
➡️ https://journal.namspi.uz;
➡️ smartquillpublishing.uz
🔘 Maqolalar 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Tahririyat tomonidan qabul qilingan maqolalar 5 ish kuni ichida nashr etiladi. Nashrdan so‘ng mualliflarga maqolaning saytga joylashtirilgan URL manzili (havolasi), DOI raqami, maqolaning alohida PDF nusxasi hamda elektron sertifikati taqdim etiladi.
✅ Maqola va tezislar quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi: https://t.me/NamDPI_Anjuman
🔝 Murojaat uchun tel: +998936500599
⏰ Maqola topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 2-dekabr
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi