Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Moliya fakulteti

⏳ На проверке
@moliya_fakulteti
Вступить в канал
2579подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
#Moliya fakultetida olib borilayotgan ishlar #Fakultet hayotida bo'layotgan so'nggi yangiliklar Agarda sizda fakultet miqyosida amalga oshirmoqchi bo'lgan loyihalar yoki takliflar bo'lsa biz bilan bog'laning!
📚 Образование🌐 Филиппинский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото · 6 шт.
🇺🇿 4-sonli talabalar turar joyida “Moliya” kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tlazildi ⚡ 2026-yil 8-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-sonli talabalar turar joyida “Moliya” kafedrasi tomonidan “Siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va ularning boy merosini yosh avlodga yetkazish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🔖Tadbirda universitetning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Rashidov Oybek Rasulovich mehmon sifatida ishtirok etib, siyosiy qatag‘onlarning ayanchli oqibatlari, qurbonlarning hayoti va ilmiy-ma’naviy merosi haqida ma’lumot berdi. ✅ Tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ajdodlar merosiga hurmatni oshirish hamda tinchlik va mustaqillikning qadriga yetish ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. ✈️@moliya_fakulteti
🎬Видео
💟💟💟 Pul siz uchun ishlayaptimi yoki siz pul uchunmi? ❗️TDIU Iqtisodchilar klubi tomonidan Moliya fakultetida "Cash flow" moliyaviy o‘yini tashkil etilmoqda! 🎯O‘yin davomida siz: • moliyaviy qaror qabul qilishni o‘rganasiz; • aktiv va passiv daromad tushunchalarini amalda qoʻllaysiz; • investitsiya va risklarni boshqarasiz; • boylar qanday fikrlashini his qilasiz. 📌Roʻyxatdan oʻtish uchun havola (Ishtirokchilar random tarzda aniqlanadi) ⏰ Sana: 10-oktabr, shanba, soat 10:00 🔵@moliya_fakulteti
🖼Фото · 6 шт.
🟦🟦🟦🟦🟦 ⚡2026-yil 8-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Moliya” kafedrasi tashabbusi asosida “Til — millatning ma’naviy boyligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🌟Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, “Ma’naviy hayot” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Salomov Shodmonqul Jumayevich mehmon sifatida ishtirok etdi. 🔖Suhbat davomida ona tilimizning boy tarixi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi o‘rni va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Mehmon tomonidan ijod namunalaridan she’rlar o‘qilib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlandi. ☀️Mazmunli va samimiy muloqot talaba-yoshlarda ona tilimizga hurmat, milliy merosimizga ehtirom va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. @moliya_fakulteti
🖼Фото
🟦🟦🟦 🟦🟦 Birovning xayolidagi qahramonni chiza olasizmi? 🔥TDIU Moliya fakulteti hamda Art Club jamoasi san’at ixlosmandlarini ushbu ijodiy sinovga chorlaydi. ❗️Kimdir tasvirlaydi, siz esa uning xayolidagi personajni yaratasiz! “ArtVerse — O‘zgalar tasavvuri” tanlovida tasavvur, ijod va mahorat bir nuqtada uchrashadi. ⏰Boshlanish vaqti: 10-oktyabr, soat 11:00 da 📍 Manzil: TDIU Moliya kampusi, 11-bino, 407-xona 🔵 @moliya_fakulteti
🖼Фото
🟦🟦🟦 🟦🟦 Internetdagi ma’naviy tahdidlar: ulardan qanday himoyalanish mumkin? 🌐 TDIU “Moliya” kafedrasi tomonidan “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda. 🎙Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Sun’iy intellekt markazi mutaxassislari ishtirok etib, kiberxavfsizlik, soxta xabarlar, zararli kontent va ulardan himoyalanish usullari haqida fikr almashadilar. 📅Sana: 9-oktabr, juma ⏰Vaqt: 14:30 🔵@moliya_fakulteti

Профиль

Продвижение