Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

TSUE-Pendidikan IJDP

⏳ На проверке
@ijdp_tsue
Вступить в канал
1122подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
✅ TSUE-UPI 📈IJDP (International Joint Degree Program) 🌐 Website: http://ijdp.tsue.uz 🔗Telegram: https://t.me/ijdp_tsue 🔗Instagram: https://www.instagram.com/upi_uz?igsh=N2k3cmQweD 🔗Facebook: https://facebook.com/ijdp.tsue 📞Contact us: +99871 239 28 87
📚 Образование Английский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото · 6 шт.
Joriy yilning 9-oktabr kuni 🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti talabalari ishtirokida Islom Karimov muzeyiga madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi. 🔹 Ekskursiya davomida talabalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyati, mamlakatimiz tarixidagi muhim davrlar hamda uning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. 📚 Mazkur ekskursiya talabalarning tarixiy xotirasini boyitish, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 👇 TDIU-IJDP fakultetining rasmiy sahifalari Telegram 🚀 IJDP yoshlar ittifoqi kanali 🚀 Instagram 📹 Google.com 🕸
🖼Фото · 4 шт.
🏓 “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA STOL TENNISI MUSOBAQASI Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Besh tashabbus olimpiadasi” ning 1-bosqich fakultet guruhlari o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda. 🏓 Mazkur bosqich doirasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa TDIU–Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti talabalari o‘rtasida tashkil etildi. Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va tezkorligini namoyon etib, qizg‘in bellashuvlarda faol ishtirok etdilar. 👇 TDIU-IJDP fakultetining rasmiy sahifalari Telegram 🚀 IJDP yoshlar ittifoqi kanali 🚀 Instagram 📹 Google.com 🕸
🎬Видео
🇺🇿 TDIU — dunyoning yetakchi universitetlari safida! Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan “World University Rankings–2027” global reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy egallab, 651–700-o‘rinlar oralig‘ida qayd etildi. Mazkur natija universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzi, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanib borayotgani hamda jahon akademik hamjamiyatidagi mavqei tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. 📚 TDIU jamoasi uchun ushbu yutuq — zamonaviy bilim, sifatli ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi izchil sa’y-harakatlarning muhim natijasidir. 👇 TDIU-IJDP fakultetining rasmiy sahifalari Telegram 🚀 IJDP yoshlar ittifoqi kanali 🚀 Instagram 📹 Google.com 🕸
🖼Фото
🇺🇿Joriy yilning 6-oktyabr kuni TDIU–Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti tyutorlari hamda talabalari Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi Tashrif davomida talabalar muzeyda ichki ishlar organlarining boy tarixi, xizmat faoliyati, turli davrlardagi xizmat kiyimlari, maxsus vositalar hamda fidokor xodimlarning jasorat namunalariga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Vatan tinchligi yo‘lida xizmat burchini ado etib halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga bag‘ishlangan pavilyon talabalarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur tashrif yoshlarning vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qildi. 👇 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! Telegram 💬 Instagram 📹 Google.com 🕸
🖼Фото
#Tayinlov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

Профиль

Продвижение