Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Xorijiy filologiya va turizm fakulteti | Rasmiy kanal

⏳ На проверке
@ifomt_rasmiy
Вступить в канал
800подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Ingliz filologiyasi, o'qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining rasmiy kanali !!!
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото · 4 шт.
“OILA — QADRIYAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI 👍Andijon davlat chet tillari instituti 😃Xorijiy filologiya va turizm fakulteti tyutori X.Xasanova hamda Ingliz filologiyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Mahbubaxon Yaqubova ishtirokida “Oila — qadriyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va mas’uliyatning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash hamda sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Samimiy muloqot davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 🌐Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting: 📱ifomt.uz 📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
🖼Фото · 6 шт.
🧠 “ZAKOVAT” TO‘GARAGI FAOLIYATI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA! 🎓 Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual to‘garagi mashg‘ulotlari davom etmoqda. 👥 Ayni paytda to‘garakda 5 ta jamoa shakllangan bo‘lib, ishtirokchilar bilimlar bellashuviga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qiziqarli savollar va mantiqiy topshiriqlar orqali talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, tezkor va aniq qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda. 🏆 To‘garak safiga yangi ishtirokchilar jalb etilmoqda. Yaqin kunlarda jamoalar o‘rtasida o‘zaro intellektual bellashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 📢 Aziz talabalar! Siz ham bilimli va topqir yoshlar safiga qo‘shiling! O‘z jamoangizni tuzing yoki mavjud jamoalarga a’zo bo‘lib, salohiyatingizni namoyon eting! 📍 Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi #ADCHTI #Zakovat #Yoshlar #IntellektualBellashuv 🌐Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting: 📱ifomt.uz 📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
🖼Фото
#e'lon 21-oktabr 2026-yilda Andijon davlat chet tillari instituti “Ingliz filologiyasi va o'qitish metodikasi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Odilova Gulchiroy Husniddin qizining 10.00.13 – Qiyosiy va chogʻishtirma tilshunoslik ixtisosligi boʻyicha  “INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SPORT SHARHLOVCHILARI NUTQINING IMPROVIZATSION VA DISKURSIV JIHATLARI (LINGVOKULTUROLOGIK VA PRAGMATIK TAHLIL ASOSIDA)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi. Boshlanish vaqti:  14:00 da O‘tkaziladigan joy: “Ingliz filologiyasi va o'qitish metodikasi” kafedrasi. Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting 👇 🌐 ifomt.uz 📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram
🖼Фото · 4 шт.
JUMA — MILLIYLIK VA QADRIYATLAR KUNI! 👍Andijon davlat chet tillari instituti 😃Xorijiy filologiya va turizm fakulteti tyutori M.Nosirov tashabbusi bilan yigit talabalar o‘rtasida milliy o‘yinlar musobaqasi tashkil etildi. 🎯 Musobaqa xalqimizning boy madaniy merosi va milliy qadriyatlarini targ‘ib qilish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularda jamoaviylik, chaqqonlik va o‘zaro hurmat fazilatlarini rivojlantirishga qaratildi. 🤝 Milliy o‘yinlar orqali yoshlarni an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratildi. ✨ Milliylik — faxrimiz, qadriyatlar — bebaho merosimiz! 🌐Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting: 📱ifomt.uz 📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
🖼Фото
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza berish boshlanibdi. Arizani talabaning o’zi yuboradi. 👉 @xushnudbek 👈

Профиль

Продвижение