11 октября 2026 г. 3:49
🖼Фото
📣 “International Credit Mobility” ilmiy to‘plami uchun maqolalar qabuli boshlandi!
Erasmus+ xalqaro almashinuv tajribangizni bo‘lishish va ilmiy izlanishlaringizni kengroq auditoriyaga taqdim etish vaqti keldi!
❗️To‘plam:
➖xalqaro mobillik orqali olingan bilim va tajribalarni bo‘lishish,
➖O‘zbekistonda ta’lim jarayonini va ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirishni maqsad qilgan.
🔰 Agar siz:
✅ 1 yoki 2 semestr Yevropa universitetida tahsil olgan talaba bo‘lsangiz;
✅ Erasmus+ orqali amaliyot o‘tab qaytgan bo‘lsangiz;
✅ Yevropada malaka oshirgan professor, o‘qituvchi yoki OTM xodimi bo‘lsangiz;
✅ Yevropa universitetlarida dars bergan bo‘lsangiz;
✅ O‘zbekistonda mobillik tajribasini o‘tkazgan yevropalik hamkor bo‘lsangiz,
maqolangizni (motivatsion xat bilan birga) “International Credit Mobility” ilmiy to‘plamining 10-soni uchun kutib qolamiz!
📌 Materiallar topshirish muddati: 31-oktabr, 2026
✉️ Maqola va motivatsion xatlarni yuborish uchun elektron pochta: neo@erasmusplus.uz
Sizning hikoyangiz — kelajakdagi ishtirokchilar uchun ilhom manbai bo‘lishi mumkin!
Batafsil 👈
📌 Ma'lumot uchun:
Saralangan maqolalar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TSUOS)da yillik ICM konferensiyasida taqdimot qilinadi.
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
10 октября 2026 г. 14:33
🎬Видео
Ayollar ayollarni qo‘llab-quvvatlaydi — har bir yangi bosqich, har bir yutuq va har bir dadil qadam bizni o‘zgarishlarga yaqinlashtiradi. Shu kungacha bosib o‘tgan yo‘limizni nishonlab, oldinda bizni kutayotgan imkoniyatlardan ilhom olaylik. 💪✨ #AyollarImkoniyatlari #AyollarBirBiriniQollabQuvvatlaydi #TosiqlarniYengib
Women empowering women—one milestone, one breakthrough, one bold step at a time. Here’s to celebrating how far we’ve come and inspiring all that’s still ahead. 💪✨ #WomenEmpowerment #WomenSupportingWomen #BreakingBarriers
Женщины поддерживают женщин — каждый новый этап, каждое достижение и каждый смелый шаг приближают нас к переменам. Давайте отмечать, как далеко мы продвинулись, и вдохновляться тем, что ещё впереди. 💪✨ #РасширениеВозможностейЖенщин #ЖенщиныПоддерживаютЖенщин #ЛомаяБарьеры
10 октября 2026 г. 10:37
🖼Фото
📘 Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) ga bosqichma-bosqich qadam: Qanday to'g'ri dastur tanlash mumkin
Demak, siz EMJM katalogini ochdingiz va ko‘plab qiziqarli dasturlarni topdingiz. Endi-chi? Endi nima qilasiz?
Ularni quyidagicha saralash mumkin 👇
🔍 1. O‘z ta’lim yo‘nalingiz bo‘yicha filtrlang
Muhandislik, iqtisodiyot, ekologiya, ommaviy axborot vositalari kabi kalit so‘zlar orqali filtirlang va qidiruv doirasini yaxshilang.
🌍 2. Ishtirokchi universitetlar va mamlakatlarni ko‘rib chiqing
Har bir EMJM kamida 2-3 ta hamkor universitetga ega. O‘zingizga shunday savollar bering:
— Qayerda o‘qishni va yashashni istaysiz?
— Bu universitetlar sizning sohangizda kuchlimi?
— Aniq bu loyiha sizga kerakli narsalarni beroladimi?
📚 3. O‘quv dasturini o‘rganing
Har bir EMJM o'ziga yarasha noyobdir. Ba’zilari tadqiqotga yo‘naltirilgan, boshqalari amaliy. Kurs modullarini va dissertatsiya talablarini diqqat bilan tanishib chiqing.
📆 4. Ariza topshirish muddati va talablarini tekshiring
Muddatlar har xil bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi dasturlar ro‘yxatini tuzing va ularning quyidagi ma’lumotlarini kuzatib boring:
— Boshlanish sanasi
— Tugash muddati
— Talab qilinadigan hujjatlar
🎓 5. Karyera maqsadlaringiz haqida ham o‘ylab ko‘ring
Dastur sizni sohangizga ixtisoslashtirishi mumkinmi? PhD uchun yo‘l ochadimi? Xalqaro miqyosda ishlash uchun zarur ko‘nikmalarni beroladimi?
📝 Qo‘shimcha maslahat:
O‘zingizga yoqqan dasturlar haqida elektron jadval tuzing: loyihaga havola, muddatlar, kerakli hujjatlar, aloqa ma’lumotlari kabi zarur narsalarni yig'ib boring. Muhimi tartibli bo‘ling!
Batafsil 👈
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
9 октября 2026 г. 6:38
🖼Фото
🎓 Erasmus+ CBHE loyihalari uchun ariza topshirish tartibi 🌍
O‘zbekiston va undan tashqarida oliy ta’limni yangilik kiritishni xohlaysizmi? Erasmus+ dasturi doirasidagi Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalari universitetlarni modernizatsiya qilish, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va akademik soha hamda sanoat o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish uchun mablag‘ ajratib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
📺 Bu videoni tomosha qilib, quyidagilarni o‘rganasiz:
🔹CBHE loyihalarining maqsadlari
🔹CBHE loyihalarini moliyalashtirishning uchta yo‘nalishi
🔹 Kimlar ariza topshirishi hamda kuchli konsorsiumni qanday shakllantirish mumkin
🔹 Arizalarni baholashning asosiy mezonlari va muddatlari
Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! CBHE loyihangizni bugunoq boshlang!
🟥 Tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=01n3Z6rUaFY
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
8 октября 2026 г. 17:12
🖼Фото
Kuz ayni avj pallasida 🍁, demak, eng ilhomlantiruvchi loyihamiz — Yevropa kinosi festivalining vaqti yetib keldi! 🎬
Festival kunlarida har bir tomoshabin o‘zi uchun qadrdon film topa olishi maqsadida, hamkorlarimiz bilan birga turli janrlarni qamrab olgan boy dastur tayyorladik 🎥
Uch kunlik festival va Yevropalik tomoshabinlar qalbidan joy olgan, Yevropa Ittifoqining yetakchi rejissyorlaridan 11 ta film 🍿
Endi navbat senga, Toshkent! 🇺🇿
Sizni XI Yevropa kinosi festivalida kutib qolamiz! 🎬
—
Осень в самом разгаре 🍁, а значит, пришло время нашего самого вдохновляющего проекта - Фестиваля Европейского кино! 🎬
Вместе с нашими партнёрами, мы собрали разножанровую программу мероприятия, чтобы каждый зритель нашел свой особый фильм в Дни Фестиваля 🎥
Три дня и 11 кинокартин от ведущих режиссёров стран ЕС, покорившие европейскую аудиторию🍿
Пришла твоя очередь, Ташкент! 🇺🇿
Ждем вас на XI Фестивале европейского кино! 🎬
#EFF2026 #EuropeanFilmFestival #CulturalDialogue #EU4UZ