18 октября 2026 г. 4:58
🖼Фото
#Qonunchilik_yangiliklari
Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-son qarori bilan Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish belgilandi.
Mazkur qaror mamlakatda yengil sanoat, dizayn va kreativ iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan taʼlim tizimini shakllantirish hamda milliy moda sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi. Akademiya Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi (Achadémie internationale de choupe de Paris) oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida tashkil etiladi.
Akademiyada oʻquv jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi. Qoʻshma taʼlim dasturlari bilan bir qatorda, oʻz taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/234278
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17 октября 2026 г. 17:31
🎬Видео
Pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga ariza berish tartibi
Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasiga chegirma olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.
Buning uchun kontrakt.edu.uz axborot tizimiga kirib, tegishli xizmatni tanlash hamda talab etilgan ma’lumotlarni kiritgan holda arizani tasdiqlash lozim.
🎥 Ariza topshirish tartibi bilan yuqoridagi videoyo‘riqnoma orqali tanishishingiz mumkin.
📋 Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17 октября 2026 г. 16:40
🖼Фото · 10 шт.
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston xalqaro robototexnika va muhandislik hamjamiyatidagi ishtirokini kengaytirmoqda
Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisining Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahriga tashrifi doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.
➖ Xalqaro robototexnika assotsiatsiyalari alyansi (IARA) a’zoligi. Ofisning mazkur xalqaro alyansga a’zo bo‘lishi O‘zbekiston yoshlarining robototexnika va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorligini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
➖ Innovatsiyalar sohasida hamkorlik. Xitoyning Zhejiang Qingshanhu Sci-tech City Management Committee tashkiloti bilan innovatsiyalar va texnologiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bitim imzolandi.
➖Investitsiya va startaplar bo‘yicha muzokaralar xitoylik investorlar bilan O‘zbekistonga investitsiyalar jalb etish, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma texnologik tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/234263
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
17 октября 2026 г. 15:51
🖼Фото · 7 шт.
Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi yangi davrning barcha sharoitlarida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Muzokara chogʻida turizm, madaniyat va taʼlim sohalaridagi almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida urgʻu berildi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
17 октября 2026 г. 14:18
🖼Фото · 7 шт.
Ilk bor xorijlik talabalar o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasida bellashmoqda
16-oktabr kuni Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan Urganch RANCH texnologiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek tilini xorijlik talabalar o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan mazkur olimpiada respublikamizda ilk bor o‘tkazilmoqda. U davlat tilini o‘rganishga qiziqishni oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmatni mustahkamlash maqsadida tashkil etilib, unda respublikamizning turli hududlaridagi 46 ta oliy ta’lim tashkilotidan 100 nafarga yaqin xorijlik talaba ishtirok etib, o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarini namoyon etmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/234037
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram