31 октября 2026 г. 14:35
🎬Видео
#Ogohlik
❗️“Yangi özbek alifbosi klaviaturasi” — firibgarlar tuzoği bölişi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilarga “yangi özbek alifbosi klaviaturasi” nomli ilovani örnatiş taklif qilinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Firibgarlar uşbu dasturni şaxsiy xabarlar orqali yuborib, telefon qurilmasiga örnatişni tavsiya qilmoqda. Ilovani örnatiş natijasida foydalanuvçilarning plastik karta ma’lumotlari va şaxsiy axborotlari xavf ostida qolişi mumkin.
Fuqarolardan noma’lum manbalardan yuborilgan ilovalarni yuklab olmaslik, şubhali havolalarga kirmaslik hamda bank karta ma’lumotlarini begonalarga oşkor qilmaslik söraladi.
Raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya qiling va firibgarlik qurboniga aylanmang!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
31 октября 2026 г. 8:18
🎬Видео
Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Tilimizni sözlar qabristoniga aylantirmaylik” nomli mazmunli videorolik e’lon qilindi.
Öz tilimizda aniq, gözal va ta’sirçan ifodalar mavjud ekan, ulardan örinli va töğri foydalaniş har birimizning burçimizdir. Tilimizning boyligini asraş, sözlarimizni qadrlaş va nutqimizda milliy tilimizning betakror imkoniyatlaridan foydalaniş özimizga boğliq.
Videorolik barçamizni ona tilimizga bölgan munosabatimiz haqida öylaşga, söz tanlaşda e’tiborli bölişga undaydi.
Köring, muşohada qiling.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
31 октября 2026 г. 7:57
🖼Фото
#Rasmiy_bayonot
Vazirlik ogohlantiradi: öqişni köçirişda qonuniy tartibga amal qiling!
Ijtimoiy tarmoqlarda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni xususiy universitetning 3-kursiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilib, buning evaziga 18 mln söm talab qilgan şaxs pulni olayotgan vaqtida qölga olingani hamda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgani haqida axborot berildi.
Vazirlik bunday noqoniniy xatti-harakatlarni qoralaydi hamda fuqarolarni öqişga qabul qiliş va öqişni köçiriş bilan boğliq masalalarda firibgarlik holatlaridan ehtiyot bölişga çaqiradi.
Amaldagi tartibga köra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan öqişni köçiriş uçun arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar Bilim va malakalarni baholaş agentligining maxsus elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Öqişni köçiriş Agentlik tomonidan ötkaziladigan maxsus sinovlar natijalariga köra amalga oşiriladi.
Şuningdek, nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga qabul qilingan talabalar haqidagi buyruqlarni 1-oktabrdan keçiktirmay HEMIS tizimida röyxatdan ötkazişi şart. Belgilangan tartibga muvofiq, HEMIS tizimiga kiritilmagan şaxslarga diplom şakllantirilmaydi.
Şu sababli “sinovsiz 3-kursga kiritib qöyamiz”, “öqişni muddatidan keyin köçirib beramiz” yoki “hujjatlarni keyin rasmiylaştiramiz” kabi va’dalarga işonmang!
Vazirlik fuqarolardan:
➖ öqişga qabul qiliş va öqişni köçirişda faqat belgilangan tartib va rasmiy platformalardan foydalanişni;
➖ öqişga qabul qilingandan söng ma’lumotlarning HEMIS tizimida röyxatdan ötkazilganini tekşirişni;
➖ hujjatlari va mablağlarini vositaçilarga bermaslikni, barça jarayonlarni qonuniy tartibda amalga oşirişni;
➖ şubhali takliflar yoki qonunbuziliş holatlari haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 yoki vazirlikning 1006 qisqa raqamlari orqali xabar berişni söraydi.
Unutmang, öqişga qabul qiliş yoki öqişni köçirişni pul evaziga, belgilangan tartiblarni çetlab ötgan holda hal qilib berişni va’da qilayotgan şaxslarga işoniş moddiy zarar köriş va qonun oldida javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
31 октября 2026 г. 5:59
🖼Фото
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💛💛💛
📁 Test sinovidan keyin savollar mavzusini ko‘rish imkoniyati mavjud!
📊 Testni yakunlaganingizdan so‘ng, natijalar qismidan qaysi mavzuga oid savollar ekanini ko‘rishingiz mumkin.
💡 Bu orqali qaysi mavzular bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aniqlash mumkin.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
✅Telegram | ✅Facebook |
📱Instagram
31 октября 2026 г. 5:57
🖼Фото · 5 шт.
#Ofarin
🟢BESH FAN — BESH NATIJA: MAQSAD SARI ISHONCHLI QADAM!
🔆Katta maqsadlar puxta tayyorgarlik va izchil mehnat bilan ro‘yobga chiqadi. Qorako‘l tumanidagi 30-umumta’lim maktabining iqtidorli bitiruvchisi Mashhurbek Toyirovning yutug‘i buning yaqqol namunasidir.
➡️U oliy ta’lim muassasalariga kirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan beshta fan bo‘yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini munosib namoyon etdi.
📎Bu natija — shunchaki yuqori ko‘rsatkich emas. Bu Mashhurbekning izlanishlari, bilim olishga bo‘lgan intilishi va kelajagini bugundan rejalashtirayotganining amaliy ifodasidir.
⚡️Eng muhimi, qo‘lga kiritilgan sertifikatlar unga oliy ta’lim sari intilishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha dadil qadam tashlashiga xizmat qiladi.
💫Besh fan, besh sertifikat va bir ulkan maqsad — bilim bilan bunyod etilayotgan yorqin kelajak
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
✅Telegram | ✅Facebook |
📱Instagram