31 октября 2026 г. 16:02
🖼Фото · 10 шт.
#PrezidentTopshiriğiIjrosi #QaşqadaryoTajribasi
👍 BuxDPI delegatsiyasi Qarşi davlat universitetida: yangi tajribalar va amaliy örganişlar
Oliy ta’lim tizimida samarali boşqaruv, zamonaviy ta’lim muhiti va rivojlangan infratuzilmani şakllantiriş borasidagi tajribalarni örganiş maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boşçiligidagi delegatsiya Qarşi davlat universitetiga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida delegatsiya universitetning ta’lim va ilmiy faoliyati, talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar hamda zamonaviy infratuzilmasini bevosita örganiş imkoniga ega böldi.
Xususan, zamonaviy öquv binolari, kutubxona, Talabalarga xizmat körsatiş markazi, “Loçin” futbol klubi stadioni va muqobil energiya manbalaridan foydalaniş laboratoriyasi faoliyati bilan tanişildi.
Muloqot va örganişlar jarayonida oliy ta’lim muassasasini rivojlantirişning amaliy mexanizmlari, talabalar bandligini ta’minlaş, ta’lim sifatini oşiriş hamda işlab çiqariş bilan integratsiyani kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tajriba almaşuvlar oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga yangi yondaşuvlarni olib kiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va istiqboldagi rivojlaniş vazifalarini belgilaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
