Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

Namangan shahar hokimligi | Rasmiy telegram kanali

⏳ На проверке
@axborotxizmati
Вступить в канал
5803подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Наманган шаҳар ҳокимлигининг Расмий телеграм канали: Мурожаатлар учун: Web-sayt: https://gov.uz/oz/namangancity
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото · 4 шт.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял заместителя Председателя Кабинета Министров – министра иностранных дел Туркменистана Рашида Мередова. #Mirziyoyev #qabul #Turkmaniston #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🖼Фото
📢 DIQQAT, E’LON! SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI “Namangan suv ta’minoti” AJ Namangan shahar filiali rahbari tomonidan Namangan shahar hududidagi aholi va yuridik iste’molchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, suv ta’minoti sohasidagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda murojaatlarni bevosita qabul qilish maqsadida sayyor qabul tashkil etiladi. 📅 Sana: 2026-yil 21-oktabr, chorshanba 🕑 Vaqt: soat 14:00 📍 Manzil: Namangan shahri, Boburshoh ko‘chasi, 130-uy (Namangan davlat universiteti binosi). Hurmatli Namangan shahri aholisi va yuridik iste’molchilar! Sizlarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga, suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, taklif va murojaatlaringizni bildirishga taklif etamiz. Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. “Namangan suv ta’minoti” AJ Namangan shahar filiali Namangan suv taʼminoti AJ shahar boʻlimi axborot xizmati https://t.me/shaharsuv_murojaat
🖼Фото · 7 шт.
Инклюзив ва гендерга сезгир давлат хизматларини ривожлантиришга қаратилган тренинг бошланди Наманганда Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Тараққиёт дастури (БМТ ТД) ҳамда Европа Иттифоқи ҳамкорлигида «Инклюзив ва гендерга сезгир давлат хизматларини сифатли кўрсатишда Хотин-қизлар маслаҳат гуруҳларининг ролини ошириш» мавзусида тренинг ўз ишини бошлади. Жорий йилнинг 19–21 октябрь кунлари бўлиб ўтадиган семинарда Латвиянинг Ўзбекистондаги элчиси Гиртс Жаунземс ва Ўзбекистондаги Латвия элчихонаси биринчи котиби Эдгарс Кактинс, вилоят ҳокими ўринбосари Динара Якубова ҳамда бир қатор маҳаллий ва халқаро экспертлар иштирок этмоқда. Тренингдан кўзланган асосий мақсад — давлат хизматларини кўрсатишда инклюзивлик ва гендер тенглиги тамойилларини кенг жорий этиш, хотин-қизларнинг эҳтиёж ва манфаатларини инобатга олувчи ёндашувларни ривожлантириш, шунингдек, Хотин-қизлар маслаҳат гуруҳларининг ушбу жараёндаги иштироки ва ролини кучайтиришдан иборат. Уч кун давомида иштирокчилар давлат хизматлари сифатини ошириш, хотин-қизларнинг қарорлар қабул қилиш жараёнидаги иштирокини кенгайтириш ҳамда аҳолининг турли қатламлари учун тенг имкониятлар яратишга қаратилган масалаларни муҳокама қиладилар. Шунингдек, соҳа мутахассислари ўзаро тажриба алмашиб, мавжуд муаммолар ва уларнинг самарали ечимлари юзасидан фикр алмашадилар. Мазкур тренинг давлат хизматларини аҳолининг эҳтиёжларига янада мослаштириш, хотин-қизларнинг жамият ҳаётидаги фаоллигини ошириш ҳамда инклюзив бошқарув механизмларини такомиллаштиришга хизмат қилиши кутилмоқда. Наманган шаҳар ҳокимлиги Матбуот хизмати ________ Inklyuziv va genderga sezgir davlat xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan trening boshlandi Namanganda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMT TD) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Inklyuziv va genderga sezgir davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatishda Xotin-qizlar maslahat guruhlarining rolini oshirish” mavzusida trening o‘z ishini boshladi. Joriy yilning 19–21-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan seminarda Latviyaning O'zbekistondagi elchisi Girts Jaunzems va O'zbekistondagi Latviya elchixonasi birinchi kotibi Edgars Kaktins, viloyat hokimi o‘rinbosari Dinara Yakubova hamda bir qator mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inklyuzivlik va gender tengligi tamoyillarini keng joriy etish, xotin-qizlarning ehtiyoj va manfaatlarini inobatga oluvchi yondashuvlarni rivojlantirish, shuningdek, Xotin-qizlar maslahat guruhlarining ushbu jarayondagi ishtiroki va rolini kuchaytirishdan iborat. Uch kun davomida ishtirokchilar davlat xizmatlari sifatini oshirish, xotin-qizlarning qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish hamda aholining turli qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladilar. Shuningdek, soha mutaxassislari o‘zaro tajriba almashib, mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan fikr almashadilar. Mazkur trening davlat xizmatlarini aholining ehtiyojlariga yanada moslashtirish, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda inklyuziv boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
🖼Фото
Namangan viloyati bo'yicha davlat mulkini "E-auksion" platformasida ijaraga oling: ▪️Mingbuloq tumanidan (koʼrish) ▪️Kosonsoy tumanidan (ko'rish) ▪️Namangan tumanidan (koʼrish) ▪️Norin tumandan (koʼrish) ▪️Pop tumandan (koʼrish) ▪️To'raqo'rg'on tumanidan (ko'rish) ▪️Uychi tumanidan (ko'rish) ▪️Uchqo'rg'on tumanidan (ko'rish) ▪️Chortoq tumanidan (ko'rish) ▪️Chust tumanidan (ko'rish) ▪️Yangiqo'rg'on tumanidan (ko'rish) ▪️Namangan shahridan (ko'rish) ▪️Davlatobod tumanidan (ko'rish) ▪️Yangi Namangan tumanidan (ko'rish) Barcha hududlardan obyektlar savdoga chiqarildi, endilikda obyektlar soni ko'payishda davom etadi. ☎️: 71-202-21-11, 📞: 99 207-36-12, 99 207-26-12 ⬇️ Bizning ijtimoiy sahifalarimiz: 👇👇👇 🔝 Telegram| 🔝Facebook|📧Instagram |
🖼Фото
#24TalikTavsiya #DeputatlikNazorat #162TalikQonunVa154TalikQaror #MadadHamkorlik “BOBURSHOX” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov tomonidan “Boburshox” mahalla fuqarolar yig‘inining 2-o‘tish yo‘li, Shohimardon ko‘chasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Joriy yilning 15-oktabr kuni mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganish davomida ko‘chada yashovchi mehnat faxriysi Olimjon Zokirov tomonidan mavjud elektr ta’minoti muammolari bayon etildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur hududda uchta berk ko‘cha mavjud bo‘lib, ulardagi 64 ta xonadonda 320 nafardan ortiq fuqaro istiqomat qiladi. Aholining kundalik ehtiyojlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlarini yangilash va mavjud infratuzilmani yaxshilash zarurati bildirilgan. O‘rganish davomida hududga 400 kVA quvvatli yangi transformator o‘rnatish, mavjud 20 ta eskirgan yog‘och tayanchni temir-beton ustunlarga almashtirish hamda yaroqsiz holatga kelgan elektr simlarini zamonaviy SIP kabellariga almashtirish masalalari ko‘tarildi. Ushbu ishlarni amalga oshirish ko‘chada elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi. Aniqlangan muammolarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etishga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbari T. T. Mullajanovga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, zarur choralarni belgilash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatda yozma axborot taqdim etish so‘ralgan. Mazkur ishlar mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi, xususan, aholi yashash hududlaridagi infratuzilma va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash vazifalari bilan hamohangdir. Qonunlar taqsimotiga muvofiq, mazkur mavzu doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-sonli “Energiya tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganilishi mumkin. Shuningdek, deputat so‘rovini yuborish va ko‘rib chiqish jarayonida “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishi muhim ahamiyatga ega. Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar e’tiborini mavjud kamchiliklarga qaratish va ularning qonunchilik doirasida hal etilishiga ko‘maklashishdan iborat. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi 📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Профиль

Продвижение