Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (UzNADA)

⏳ На проверке
@antidopinguz
Вступить в канал
751подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
O'zbekiston Milliy antidoping agentligi gov.uz/oz/uznada Facebook: https://www.facebook.com/www.uznada.uz/ Instagram: https://www.instagram.com/uznada_/?igshid=YmMyMTA2 Youtube: https://www.youtube.com/channe Email: info@uznada_uz ☎️: +998951995501
⚽ Спорт🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov xalqaro antidoping simpoziumida ishtirok etmoqda Ayni kunlarda Tunisning Hammamet shahrida V xalqaro antidoping simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov ishtirok etmoqda. Simpozium antidoping sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, xalqaro tajriba almashish hamda milliy antidoping tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon hisoblanadi. Tadbir doirasida 2027-yilgi Butunjahon antidoping kodeksi va xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy tahlil usullari va biotexnologik yechimlar, laboratoriyalar faoliyatida shaffoflik va sifat nazorati, sun’iy intellektni antidoping sohasida qo‘llash hamda raqamli xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, simpozium doirasida milliy antidoping agentliklari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ularda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va kelgusi strategiyalarni shakllantirishga oid masalalar muhokama qilinadi. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining mazkur xalqaro tadbirdagi ishtiroki antidoping sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va 2027-yildan kuchga kiradigan yangilangan xalqaro talablarni amaliyotga joriy etish borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Telegram ► Facebook ► Instagram ► LinkedIn ► YouTube ► Veb-sayt
🖼Фото · 2 шт.
🖼Фото
#Rasmiy_malumot U.Usmonovdan olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan modda aniqlangani yuzasidan rasmiy ma’lumot Yaponiyada bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlari doirasida Xalqaro testlash agentligi (ITA) tomonidan o‘zbekistonlik sportchidan olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan modda aniqlangani yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi Umar Usmonovdan musobaqadan tashqari davrda olingan doping sinamasida Taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxatining S1 — Anabolik moddalar guruhiga mansub drostanolon metaboliti — 3α-gidroksi-2α-metil-5α-androstan-17-on aniqlangan. Ushbu modda doimiy ravishda taqiqlangan moddalar toifasiga kiradi. Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda. Yakuniy qaror qabul qilingach, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan rasmiy bayonot beriladi. Telegram ► Facebook ► Instagram ► LinkedIn ► YouTube ► Veb-sayt
🖼Фото
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии Telegram ► Facebook ► Instagram ► LinkedIn ► YouTube ► Veb-sayt
🎬Видео
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari munosib sharaflandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh pedagoglarga davlat mukofotlarini topshirib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni e’lon qildi. FIFA rahbari bilan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: 46-Jáhán shaxmat olimpiadasınıń jeńimpazları múnásip sıylıqlandı. Prezident Shavkat Mirziyoyev bir topar pedagoglarǵa mámleketlik sıylıqlardı tapsırıp, bilimlendiriw tarawındaǵı jańa baslamalardı járiyaladı. FIFA basshısı menen 20 jasqa shekemgi jaslar arasındaǵı futbol boyınsha jáhán chempionatına tayarlıq máseleleri talqılandı. — Обзор важнейших событий за неделю: Состоялось достойное чествование триумфаторов 46-й Всемирной шахматной олимпиады. Президент Шавкат Мирзиёев вручил государственные награды отличившимся педагогам и анонсировал новые инициативы в сфере образования. С главой ФИФА обсуждены вопросы подготовки к Чемпионату мира по футболу среди молодежи до 20 лет. — Weekly review of the most important events: The winners of the 46th World Chess Olympiad were honored. President Shavkat Mirziyoyev presented state awards to distinguished educators and announced new initiatives in the field of education. Issues related to preparations for the FIFA U-20 World Cup were discussed with the FIFA President. Facebook|Instagram|X

Профиль

Продвижение