4 ноября 2026 г. 12:16
🖼Фото
#Инклюзив_таълим
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASASI O'QITUVCHISI VA TARBIYACHISI (OLIGOFRENOPEDAGOGIKA) HUQUQIGA EGA BO'LISHNI ISTAYSIZMI?
📣DIQQAT!
✅Ilmiy salohiyat va innovatsiya akademiyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi umumta'lim maktablarida (oligofrenopedagogika) huquqini berish bo'yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻
➡️Bunda quyidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari mumkin:
✅Pedagogik ma'lumotga ega tegishli fan bakalavrlari
✅Maktabgacha ta'lim
Hujjatlarni ushbu sayt orqali topshirish mumkin 👇
https://ilmiysalohiyatvainnovatsiyaakademiyasi.nsdcorporation.uz/
Murojaat uchun
telefon: +998971619181
📱 https://t.me/Oligofrenopedagogika_qayta
🆕 Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham ma'lumotlar olishingiz mumkin!
4 ноября 2026 г. 10:02
🖼Фото · 10 шт.
Bolalik esa kutib turmaydi – muammolarni keçiktirmasdan hal qiliş kerak
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişdi.
Boğça avariya holatida, maktabda sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan. Bolalik esa kutib turmaydi – muammolarni keçiktirmasdan hal qiliş kerak.
Eski boğça örnida 360 örinli şinam, yangi boğça quriladi. Maktab binosi ta’mirlanib, zamonaviy laboratoriyalar, til va ijod tögaraklari hamda alohida ehtiyojli bolalar uçun qulay şaroit yaratiladi.
Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumida öqiyotgan yoşlarning iştiyoqi, kelajakka işonçi meni behad quvontirdi. Farzandlarimiz boğçaga qöygan ilk qadamidan mustaqil hayotga kirib borguniga qadar munosib muhitda ta’lim-tarbiya olişi kerak.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 ноября 2026 г. 9:18
🖼Фото
#Tavsiya #MaktabTaʼlim
Kuzgi ta’til vaqtida umumiy örta ta’lim maktablari öquvçilarining mutolaa qilişi uçun Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan quyidagi badiiy adabiyotlar tavsiya etiladi:
👉 1–4-sinf öquvçilari uçun:
➖ “Buvamning oşqozonidagi mamlakat” — muallif: Qobiljon Şermatov
➖ “Zahramahr qörquvlari yoxud hamma narsaga kim aybdor?” — muallif: Madina Möminova
➖ “Amir Temur haqida hikoyalar” — muallif: Tölqin Hayit
➖ “Bir bor ekan-pul bor ekan”— muallif: Namoz Sa’dullayev
➖ “Maugli” — muallif: Redyard Kipling
👉 5–9-sinf öquvçilari uçun:
➖ “Galaktikada bir kun” — muallif: Sa’dulla Quronov
➖ “Ötmişdan ertaklar” — muallif: Abdulla Qahhor
➖ “Jayhun ustida bulutlar” — muallif: Mirkarim Osim
➖ “Sohibqiron nabirasi” — muallif: Xurşid Davron
➖ “Ğaroyib bolalar” — muallif: Aziz Nesin
👉 10–11-sinf öquvçilari uçun:
➖ “Yaldo keçasi” — muallif: Xayriddin Sulton
➖ “Qutadğu bilig” — muallif: Yusuf Xos Hojib
➖ “Avlodlar dovoni” — muallif: Pirimqul Qodirov
➖ “Otamdan qolgan dalalar” — muallif: Toğay Murod
➖ “Martin Iden” — muallif: Jek London
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 ноября 2026 г. 4:40
🎬Видео
#OAVDA_BIZ
ANDIJONDA PEDAGOGLARNING KASBIY BILIM VA MAHORATINI BAHOLASHGA QARATILGAN KUZGI ATTESTATSIYA SINOVLARI DAVOM ETMOQDA
(Andijon shahridagi Pedagogik mahorat markazida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini xolis baholash, ularning kasbiy salohiyatini aniqlash hamda malaka toifalarini belgilashga qaratilgan kuzgi attestatsiya sinovlari jarayonlari “Andijon axboroti” informatsion dasturida)
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|
3 ноября 2026 г. 11:32
🎬Видео
#Ogohlik
❗️Befarq bo‘lmang! Is gazidan zaharlanishning oldini olaylik!
Havo harorati pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanadi. Biroq yoz mavsumi davomida ishlatilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan isitish qurilmalari, ayniqsa, qo‘lbola va nostandart moslamalardan foydalanish, dudburon va mo‘rkonlarning tozaligi hamda sozligiga e’tiborsizlik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
So‘nggi kunlarda is gazidan zaharlanish oqibatida insonlar hayotdan ko‘z yumayotgani barchamizni yanada hushyor va mas’uliyatli bo‘lishga undashi kerak. Zero, is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, uni sezish qiyin. Shu bois xavfsizlik qoidalariga beparvolik qilish inson hayoti va salomatligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.
Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang! Isitish mavsumida quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz:
◎ Faqat muvofiqlik sertifikatiga ega, belgilangan xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola va nostandart qurilmalarni ishlatmang.
◎ Mavjud isitish moslamalarini mavsum boshlanishidan oldin malakali mutaxassislarga ko‘rsating, ularning texnik holati va xavfsiz ishlashini tekshirtiring.
◎ Dudburon va mo‘rkonlarning holatini diqqat bilan ko‘zdan kechiring, ularni qurum va boshqa to‘siqlardan muntazam tozalab turing.
◎ Xonani isitish maqsadida ochiq olovdan, jumladan, gaz plitadan foydalanmang. Isitish moslamalarini belgilangan maqsaddan tashqari ishlatish xavfli.
◎ Xonalarda havo almashinuvi va shamollatish imkoniyati mavjudligini ta’minlang. Ventilyatsiya kanallarini berkitmang, ularning ishlash holatini nazorat qilib boring.
◎ Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang, ulardan foydalanishda ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalari va xavfsizlik talablariga amal qiling.
Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday holat kuzatilsa, darhol toza havoga chiqing, xonani shamollating, boshqa odamlarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordam hamda tegishli favqulodda xizmatlarga murojaat qiling.
Unutmang: is gazi xavfini ko‘z bilan ko‘rib yoki hididan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, isitish moslamalarini tekshirish va dudburonlarni tozalash juda muhim. Bu shunchaki tavsiya emas, hayotni asrashning muhim shartidir.
Aziz yurtdoshlar! Isitish mavsumini xavf-xatarsiz o‘tkazish uchun befarq bo‘lmang. O‘zingizni, oilangizni va yaqinlaringizni asrang. Xavfsizlikka bugun e’tibor qaratish ertaga insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram