Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

ADCHTI YBIMMB

⏳ На проверке
@adchti_ybimmb
Вступить в канал
1150подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Описание ресурса пока не добавлено.
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
“DUŞANBA — KITOBXONLIK KUNI”: SAID AHMADNING “JIMJITLIK” ASARI BÖYIÇA ÖTKAZILGAN QIZĞIN BELLAŞUVDAN VIDEOLAVHA! ​⚡️ Andijon davlat çet tillari instituti Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi qoşidagi “Ma’naviyat tarğibotçilari” guruhi tomonidan "Duşanba — kitobxonlik kuni" loyihasi doirasida talaba-yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş maqsadida taşkil etilgan navbatdagi ma’rifiy tadbirning eng qizğin va ta’sirçan lahzalari endi videoda! ​📚 Özbekiston xalq yozuvçisi Said Ahmadning maşhur “Jimjitlik” romani muhokamasiga bağişlangan mazkur bellaşuvda yoşlarimiz asar tahlili, qahramonlar xarakteri hamda undagi hayotiy haqiqatlar yuzasidan özlarining teran fikrlarini bildirişgan edi. ​📹 Quyidagi videolavha orqali talabalarimizning bahs-munozaralari, asardan çiqarilgan muhim xulosalar hamda tadbirning kötarinki ruhini tomoşa qilişingiz mumkin! ​🖐 Marhamat, videoni tomoşa qiling va öz fikrlaringizni izohda qoldiring! ▶️Video muallifi: "Ma'naviyat tarğibotçilari" jamoasi lideri — Şahlo Tölqinova. ​⚫️Bizni uşbu sahifada kuzating: ✅Telegram✅Instagram
🖼Фото · 10 шт.
“DUSHANBA — KITOBXONLIK KUNI”: SAID AHMADNING "JIMJITLIK" ASARI YUZASIDAN QIZG‘IN BELLASHUV ⚡️ ​Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi qoshidagi “Ma’naviyat targ‘ibotchilari” guruhi a’zolari tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 📚 ​“Dushanba — kitobxonlik kuni” loyihasi doirasida bu gal O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning mashhur "Jimjitlik" romani yuzasidan talabalar o‘rtasida qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi. 📍 ​Tadbir davomida kitobxon talabalar: 📖 "Jimjitlik" asarining g‘oyaviy mazmuni, undagi qahramonlar xarakteri va asar ko‘targan ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar; 🎙 Har bir ishtirokchi asardagi eng ta'sirchan voqealar va o‘zlari tugan muhim xulosalarni atroflicha so‘zlab berib, o‘zaro bahs-munozara olib bordilar; 💡 Yosh kitobxonlar asar voqealari orqali bugungi kun uchun muhim bo‘lgan ma'naviy saboqlar va teran xulosalar haqida fikr almashdilar. ​✨ Bunday ma’rifiy bellashuvlar talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, asar tahlili orqali tanqidiy fikrlash hamda notiqlik mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda. ​⚫️Bizni ushbu sahifada kuzating: ✅Telegram✅Instagram
🎬Видео
#DavlatTiliga37Yil O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN INSTITUTDA QIZG‘IN BELLASHUV O‘TKAZILDI ​⚡️ 21-oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi qoshidagi “Ma’naviyat targ‘ibotchilari” guruhi lideri Shahina Xoshimova tomonidan talaba-yoshlarning mantiqiy fikrlash, zakovat va til boyligini sinovdan o‘tkazuvchi ma’rifiy bellashuv tashkil etildi. ​Tadbirlar dasturidan o‘rin olgan ushbu qizg‘in bellashuvda guruh a’zolaridan iborat 6 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. ​✅ Bellashuv davomida jamoalar 5 ta shart bo‘yicha o‘zlarining bilimdonligi, notiqlik mahorati, yozma savodxonligi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyish etdilar. ​😀 Murosasiz va do‘stona ruhda kechgan murakkab bellashuv yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori natija ko‘rsatgan hamda o‘z bilim va iqtidorini munosib namoyish etgan jamoalar aniqlanib, e’tirof etildi. ​✨ Bunday ma’rifiy bellashuvlar talaba-yoshlarda ona tilimizga bo‘lgan hurmat, muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. ▶️Video muallifi:"Ma'naviyat targʻibotchilari" jamoasi lideri— Shahlo Toʻlqinova. ​⚫️Bizni ushbu sahifada kuzating: ✅Telegram✅Instagram
🎬Видео
“QALBIMIZ QADRDONI, ONA TILI!” ​🔥 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayramona tuhfa! ️ ​Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi qoshidagi “Ma’naviyat targ‘ibotchilari” guruhi tomonidan tayyorlangan navbatdagi ijodiy videorolikni e’tiboringizga taqdim etamiz. ​📖 Har bir tilda qalb harorati, millat ruhi va ajdodlar o‘giti bor. O‘zbek tili esa — Navoiy qalamining sehri, Bobur she’riyatining latofati va onalarimizning alla aytgan muqaddas sadosidir. ​📹 Videoni tomosha qiling va ona tilimizning naqadar jozibali, boy hamda betakror ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘ling! ​️ Ona tilimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromimiz so‘nmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! ​⚫️Bizni ushbu sahifada kuzating:.✅Telegram✅Instagram
🎬Видео
“TIL — MILLAT KO‘ZGUSI VA MA’NAVIYAT LMASI” ​🔥 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni! ⚡️ ​Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi qoshidagi “Ma’naviyat targ‘ibotchilari” guruhi a’zolari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ta’sirli videorolikni qarshi oling! ​🎙 O‘zbek tili — boy tariximiz, buyuk ajdodlarimizdan bizga qolgan bebaho meros hamda jahon sahnasida o‘zligimizni namoyon etuvchi qudratli kuchdir. Talaba-yoshlarimiz ushbu videorolik orqali ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va muhabbatlarini samimiy izhor etdilar. ​📹 Videolavhani tomosha qiling va bayram shukuhini birga baham ko‘ring! ​📺 Ona tilimizning nufuzi va salobati abadiy yuksala versin! ​⚫️Bizni ushbu sahifada kuzating: ✅Telegram✅Instagram

Профиль

Продвижение