11 октября 2026 г. 4:16
🖼Фото
📣 Natijalar
✨ “Yuksalish sari” klubi tomonidan Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovi natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar darajali diplom bilan taqdirlanadilar!
G‘oliblar:
🥇 Numonova Nilufar — Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti, 2-kurs
🥈 Hamdamova Anisa Azamatovna — Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti, 2-kurs
🥉 Muhammadova Gulira’no Bekzodjon qizi — Jinoiy odil sudlov fakulteti, 1-kurs
📌 Ushbu talabalar darajali diplom bilan taqdirlanadilar! ✨
❗️ Sertifikatlar tayyor bo‘lganida klub koordinatorlari siz bilan bog‘lanadi! ❗️
Telegram | Instagram
10 октября 2026 г. 3:54
🖼Фото
📣 Aziz va hurmatli talabalar!
📚 “Yuksalish sari” klubi sizni Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti Sodiqov Akmal Shavkat o‘g‘li ishtirokida tashkil etiladigan “Maqola yozish bo’yicha master-klassga taklif etadi!
💡 Master-klass davomida siz:
-Maqola yozishning muhim jihatlari va samarali usullarini o‘rganasiz;
-O‘z fikr va g‘oyalaringizni ravon, asosli hamda ta’sirchan ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz;
-Tahliliy fikrlash va ijodiy yondashuv mahoratingizni oshirasiz;
-Ilmiy va ijtimoiy faoliyatingiz uchun yangi bilim va tajribaga ega bo‘lasiz.
📆 Sana: 17-oktyabr
🕥 Vaqt: 10:30
Ishtirok etish istagida bo’lgan talabalar: Ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!
💫 Yangi bilimlar sari qadam tashlang! Ushbu imkoniyatdan foydalaning, salohiyatingizni kashf eting va muvaffaqiyat sari dadil intiling!
📍 Sizni master-klassda kutib qolamiz!
Telegram | Instagram
3 октября 2026 г. 1:41
Hurmatli talabalar, volontyorlar qabuli uchun suxbat✨📣
⏰Vaqt: Bugun 10:00 dan 13:00 ga qadar bo’lib o’tadi, belgilangan vaqtda kelishingizni so’raymiz!
📍Joylashuv: 3-bino 221-xona
————————————
Уважаемые студенты, собеседование для приёма волонтёров✨
⏰Время: Сегодня с 10:00 до 13:00 состоится, просим вас прийти в назначенное время!
📍Место: 3-й корпус, 221 аудитория
Telegram | Instagram
1 октября 2026 г. 7:44
🖼Фото
✨ Hurmatli ustozlar va murabbiylar!✨
Sizlarni “Yuksalish sari” klubi jamoasi nomidan 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Har bir yutuq ortida — bilim bergan ustoz, har bir katta orzu ortida esa unga ishongan va yo‘l ko‘rsatgan murabbiy turadi. Siz nafaqat bilim berasiz, balki bizni izlanishga, rivojlanishga, o‘z ustimizda ishlashga va yuksak marralar sari intilishga undaysiz. 🌱📚
🥳Aziz ustozlar!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, cheksiz kuch-g‘ayrat va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli ustozlar!
Hurmat bilan “Yuksalish sari” klubi jamoasi ✨
Telegram| Instagram
30 сентября 2026 г. 3:47
📣Hurmatli “Yuksalish sari” klubiga qo'shilish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabalar!
Sizlar uchun navbatdagi bosqich — suhbat jarayoni bo‘lib o‘tadi!
🗓 Sana: 3-oktabr, shanba
🕙 Vaqt: 10:00–13:00
📍Suhbat o‘tkaziladigan joy: qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
---------------------------------
📣Уважаемые студенты, зарегистрировавшиеся для вступления в клуб «Yuksalish sari»!📣
Для вас следующий этап — собеседование!
🗓 Дата: 3 октября, суббота
🕙 Время: 10:00–13:00
📍 Место проведения собеседования: дополнительная информация будет предоставлена позже.
Telegram| Instagram