11 октября 2026 г. 8:29
🖼Фото
📅 BMT Bosh Assambleyasi 2011-yil 19-dekabrda Butunjahon qizlar kunini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bayram ilk bor 2012-yilda nishonlangan.
🎓 Ushbu tashabbus qizlarning ta’lim olishi, xavfsiz hayot kechirishi va o‘z huquqlaridan foydalanishi uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
💡 Qizlarning bilim olishi, o‘z fikrini erkin ifodalashi va qarorlar qabul qilishda ishtirok etishi ularning kelajagi bilan birga jamiyat taraqqiyotiga ham ta’sir qiladi.
#BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10 октября 2026 г. 9:43
🖼Фото · 6 шт.
Yaxshi dam — mehnatga hamdam
🪩 Ish va oʻqish oʻz yoʻliga, dam olish kunlarini ham maroqli oʻtkazish kerak. 10–11-oktyabr kunlari Turkiston sanʼat saroyida "Sublimation" festivali boʻladi.
🎵 Festival 16:30 dan 22:00 gacha davom etadi. Shuningdek, "Teplo" restoranida ham shu sanalarda jonli musiqiy kechalar tashkil etiladi. Xoʻsh, qayerga boramiz?
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9 октября 2026 г. 9:50
🖼Фото
Koʻchmanchi qushlar
🌟 Biz manzilni topishda GPS va boshqa navigatsiya vositalaridan foydalanamiz. Xo‘sh, minglab kilometr masofani bosib o‘tadigan qushlar-chi? Ularda na xarita, na navigatsiya qurilmasi bor.
🐦 Biroq qushlar migratsiya vaqtida Quyosh, yulduzlar, Yerning magnit maydoni hamda daryo va qirg‘oq kabi tabiiy belgilar yordamida yo‘nalishni aniqlashi mumkin.
⚡️ Uzoq parvoz oldidan ko‘plab ko‘chmanchi qushlarda "giperfagiya" deb ataladigan holat kuzatiladi. Bunda ular odatdagidan ko‘proq oziqlanib, tanasida yog‘ zaxirasini to‘playdi.
#BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8 октября 2026 г. 13:48
🖼Фото
📕 2026-yil Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti shoira Enn Karsonga nasib qildi. U 1950-yil 21-iyulda Kanadaning Toronto shahrida tugʻilgan.
🪶 Oʻzbekcha Vikipediya orqali yozuvchining yoshlik yillari, akademik va ijodiy faoliyati haqida maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8 октября 2026 г. 10:46
📎 Kichkina_tabib_film.ogg (1.1 МБ)
...kichkina, qanotlari kichkina, oppoq. Bizning qishloqda, bizning uyda farishtalar rossa koʻp. Uchib yuradi. Ertalab kelib, oynani oldiga qoʻnadi.
🎞 Kichkina tabib — 1998-yilda Zulfiqor Musoqov rejissyorligida suratga olingan film. Unda oʻzbek kinosining bir qator taniqli aktyor va aktrisalari ishtirok etgan.
🎩 Ulardan biri 8 yoshli Dilshodbek Kattabekov edi. Uning Doniyor rolidagi debyuti aktyorni butun O‘zbekistonga mashhur qilgan.
📢 Ushbu film haqidagi maqolaning audioyozuvi oʻzbekcha Vikipediyaga 2022-yil 12-iyulda Sitora Oblaqulova tomonidan joylangan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube