6 ноября 2026 г. 14:15
🖼Фото · 7 шт.
Ostonada Aqaba jarayoni doirasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining uchrashuvi samarali va konstruktiv ruhda o‘tdi.
«Chatham House» qoidasi asosida tashkil etilgan muloqotda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq yangi tahdidlar hamda ularga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bunday xalqaro muloqot maydonlari dolzarb global masalalarni muhokama qilish bilan birga, ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish, xalqaro kun tartibidagi so‘nggi voqealarni muhokama qilish uchun ham muhim imkoniyatdir.
Shu ma’noda, Ostonadagi tadbir doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda Ozarbayjon Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarova, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va Aqaba jarayoni moderatori, NATOning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining sobiq o‘rinbosari Edrian Bredshou bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdi.
—
Встреча лидеров Центральной Азии в рамках Акабского процесса в Астане прошла в содержательной и конструктивной атмосфере.
В ходе дискуссий в формате «Чатем-хаус» участники рассмотрели вопросы международной и региональной безопасности, противодействия терроризму и экстремизму, новых угроз, связанных с развитием искусственного интеллекта, и укрепления совместных усилий по их преодолению.
Вместе с тем подобные международные площадки предоставляют важную возможность для обмена мнениями о состоянии и перспективах двусторонних отношений, обсуждения последних событий международной повестки.
Так, на полях мероприятия в Астане Президент Шавкат Мирзиёев провел встречи и беседы с Президентами Казахстана Касым-Жомартом Токаевым, Таджикистана Эмомали Рахмоном, Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым, а также Председателем Милли Меджлиса Азербайджана Сахибой Гафаровой, министром иностранных дел Кыргызстана Жээнбеком Кулубаевым и модератором Акабского процесса, бывшим заместителем Верховного главнокомандующего Объединенными вооруженными силами НАТО в Европе Эдрианом Брэдшоу.
Facebook|Instagram|X
4 ноября 2026 г. 7:50
🖼Фото
Yig‘ilishda ta’lim va tibbiyot sohalaridagi vazifalar ham ko‘rib chiqildi.
Tadbirkorlarga yer ajratib, xususiy bog‘cha va maktablarni ko‘paytirish, maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan bog‘lash, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish zarurligi ta’kidlandi. Viloyatdagi o‘nta davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasida dual ta’lim qamrovini ikki baravar oshirish rejalashtirilgan.
Joriy yilda 29 ta shifoxona va poliklinikani yangilash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, tibbiy xizmat sifati, ayniqsa, birlamchi bo‘g‘in faoliyati bo‘yicha hali yechimini kutayotgan masalalar borligi qayd etildi.
Mutasaddilarga birlamchi tibbiy xizmatni yaxshilash, sohaga investitsiya jalb etish va xorijda tajriba orttirgan vatandoshlar imkoniyatidan foydalanish topshirildi.
Prezidentimiz o‘z hududini kompleks rivojlantirishda Olot tumani hokimi Nargiza Nematova alohida jonbozlik ko‘rsatayotganini e’tirof etib, davlat va boshqaruv idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun uni "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlashga qaror qilganini e’lon qildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari hamda kelgusi yilga rejalari tinglandi.
Facebook|Instagram|X
4 ноября 2026 г. 7:40
🖼Фото
Buxoroda jamoat transporti yetarlicha rivojlanmagani sabab aholining 80 foizi ish, o‘qish va kundalik yumushlariga yengil avtomobilda qatnaydi. Prezidentimiz viloyat uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha 120 ta avtobusni keltirish ishlarini jadallashtirish vazifasini qo‘ydi.
Turistlarning Buxoro haqidagi dastlabki taassuroti aeroport va temir yo‘l vokzallari atrofidagi muhitdan boshlanishi ta’kidlandi. Shu bois, bu hududlarda xizmat ko‘rsatish sifati va qulayliklarni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Daraxt turlarini Buxoroning iqlimi va tarixiy qiyofasiga mos tanlash, mavjud daraxtlarni parvarishlash hamda yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirishda yagona yondashuv kerakligi aytildi.
Viloyatdagi 55 ta mahalla aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanishni kutayotgani qayd etildi. Prezidentimiz mutasaddilarga mazkur mahallalarga suv yetib borishini aniq muddatini belgilab, hal qilishni topshirdi. Viloyatdagi oilalarning uy-joyga ehtiyojini qondirish maqsadida turar joy massivlari qurilishini jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
4 ноября 2026 г. 7:30
🖼Фото
Viloyatdagi yo‘llar holatini yaxshilash uchun joriy yilda 900 milliard so‘m ajratildi. Shunga qaramay, tirbandlikni kamaytirish, piyodalar va transport harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat transportini yaxshilash bo‘yicha yechimini kutayotgan masalalar bor.
Bugungi kunda Buxoroda 2 ming kilometr ichki yo‘l va 266 ta ko‘prik ta’mirtalab ahvolda. Prezidentimiz ularni yangilash va ekspluatatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Asosiy sayyohlik yo‘nalishlarini bog‘laydigan muqobil pulli yo‘llar qurish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
4 ноября 2026 г. 7:20
🖼Фото
Energetikada qisqa muddat ichida qariyb 2 ming megavatt quvvatli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Kelgusi uch yilda yana 3,1 ming megavattli shamol elektr stansiyalari va 1 ming megavattli energiya saqlash tizimlarini qurish rejalashtirilgan.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining o‘sishi uzatish va taqsimlash tarmoqlarini ham rivojlantirishni talab etadi. Shu maqsadda uch yilda viloyatda 745 kilometr elektr tarmog‘ini qurish reja qilingan.
Yengil sanoatda xalqaro brendlar bilan hamkorlik tajribasidan foydalanib, Buxoroda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda kengroq targ‘ib qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Kelasi yili bu borada kamida 1 milliard dollarlik loyihalarni bajarish va eksportni ikki baravar oshirish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X