Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

President Tech Award

⏳ На проверке
@PresidentTechAward
Вступить в канал
4188подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
💸 Competition for the best startups with a total prize fund of $5 000 000 President Tech Award @uztechaward
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! 🏆 President Tech Award 2026 tanlovining 500 Global operatorligida amalga oshirilayotgan “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha Mentoring & Bootcamp bosqichi muddatlari o‘zgartirildi! Tashkiliy qo‘mitaning 9-sonli bayoniga muvofiq, ushbu bosqich 10–17-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 💡 Mentoring & Bootcamp bosqichida ishtirokchilar: 🔵 tajribali mentorlar bilan ishlash; 🔵 loyihalarini takomillashtirish va rivojlantirish; 🔵 ekspertlardan amaliy tavsiyalar olish; 🔵 yakuniy taqdimotlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🚀 Barcha ishtirokchilardan yangilangan sanalarni inobatga olishlarini va navbatdagi bosqichga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘raymiz. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🖼Фото
🥇 500 Global President Tech Award 2026'ning Rasmiy Hamkori Global venchur kapital kompaniyasi 500 Global President Tech Award 2026 doirasida saralangan startaplar uchun rivojlantirish dasturining xalqaro operatori etib tanlandi. 📝 500 Global dastur metodologiyasini ishlab chiqish, xalqaro ekspertlarni jalb etish va jamoalar bilan amaliy ishlashga mas’ul bo‘ladi. 🔎 $2,3 milliardlik aktivlarni boshqaruvchi 500 Global shu kungacha 3 000+ startapni qo‘llab-quvvatlagan va dunyoning 80+ mamlakatida faoliyat yuritadi. Dastur davomida saralangan jamoalar: 🔵 xalqaro mentorlar va 500 Global ekspertlari bilan ishlaydi; 🔵 mahsulot, biznes model, PMF, GTM va traction’ni rivojlantiradi; 🔵 pitching va investitsiya jalb qilishga tayyorlanadi; 🔵 VC'lar hamda global venchur ekotizimi bilan aloqalar o‘rnatadi; 🔵 yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini o‘rganadi. 🚀 Ushbu hamkorlik orqali O‘zbekistonda yaratilayotgan startaplar moliyaviy ko‘mak bilan birga, xalqaro tajriba, mentorlik va global bozorlarga chiqish uchun zarur aloqalarga ham ega bo‘ladi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🖼Фото
❗️ President Tech Award ishtirokchilari uchun muhim ma’lumot 🥇 President Tech Award 2026 doirasidagi Incubation va Acceleration dasturlariga topshirilgan arizalarni saralash jarayoni davom etmoqda. Baholash jarayonining xolisligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida, ayni vaqtda barcha arizalar mustaqil mas’ul tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 👉 Mazkur jarayon yakunlangach, har bir ishtirokchi saralash bosqichi natijalarini new.startupbase.uz platformasidagi shaxsiy kabineti va pochtasiga kelgan xat orqali bilishi mumkin bo‘ladi. Savollar bo'yicha 📞 +998712091199 ga murojaat qilishingiz mumkin. Har bir ariza ortida katta mehnat, jasorat va ishonch borligini qadrlaymiz. Barcha jamoalarga muvaffaqiyat tilaymiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🖼Фото
❗️ O'zbekistonning eng yirik texnologik tanloviga arizalar qabuli bugun yakunlanadi Startapingizni mamlakatimizning eng yirik texnologik tanlovlaridan birida namoyish etish uchun so‘nggi imkoniyat. 🥇 President Tech Award Best Startup Project yo‘nalishida ariza topshirishga ulgurib qoling. G'oliblarni loyihalariga investitsiyalar kutmoqda: 🥇 1-o‘rin — $125 000 🥈 2-o‘rin — $75 000 🥉 3-o‘rin — $50 000 Kimlar ariza topshirishi mumkin? 🔹 Seed yoki Series A bosqichidagi startaplar; 🔹 foydalanuvchilar va sotuvlarga — traction’ga ega loyihalar; 🔹 daromad yoki imzolangan tijorat shartnomalari mavjud startaplar; 🔹 3–8 kishidan iborat jamoalar. 📌 Ariza qanday topshiriladi? Ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari, talablar va kerakli hujjatlar bo‘yicha batafsil qo‘llanma bilan tanishing. 🔥 Deadline: 31-avgust. O‘z loyihangizni katta sahnada namoyish eting va 🥇 President Tech Award g‘olibiga aylaning. ⚡️ Vaqt oz qoldi — arizangizni bugunoq awards.gov.uz orqali topshiring! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Профиль

Продвижение