9 октября 2026 г. 15:22
🖼Фото · 10 шт.
Mirishkorda tadbirkorlar muammolari va takliflari o‘rganildi
Qashqadaryo viloyati prokurori birinchi o‘rinbosari S. Fayziyev tomonidan Mirishkor tumanida tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan to‘siqlar hamda faoliyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflari atroflicha muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, tegishli mas’ullar ishtirokida hududlarga chiqilib, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar va bildirilgan takliflar joyida o‘rganildi. Mavjud masalalarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, ularni qonuniy hal etish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda bildirilgan takliflarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur tadbirlar tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaat va takliflariga amaliy yechim topish, shuningdek, hududda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
😎😎😎😎😎😎😎😎
📌📌📌📌 / @mirishkorpress
9 октября 2026 г. 14:11
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.
Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.
Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.
Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.
Facebook|Instagram|X
9 октября 2026 г. 13:59
🖼Фото
#RASMIY_XABAR
Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
😎😎😎😎😎😎😎😎
📌📌📌📌 / @mirishkorpress
9 октября 2026 г. 13:14
🎬Видео
Suv quvuri buzildimi?
Uyga bo‘yoqchi, mavsumiy yoki kunlik ishchi qidiryapsizmi?
Endi ishchi kasb egalarini izlab, mahallama-mahalla yurish shart emas!
⬇️ Play market / AppStore orqali “Mening ishim” ilovasini hoziroq yuklab oling va imkoniyatdan foydalaning.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
Sayt | Telegram | Instagram