31 октября 2026 г. 15:05
🖼Фото
🚘 Avtomobilga mulk huquqi qachon o‘tadi: notariusda, meros rasmiylashtirilganda yoki YHXXda ro‘yxatdan o‘tkazilganda?
Amaliyotda ko‘pincha avtomobil kimning nomida “texpasport”da qayd etilgan bo‘lsa, mulkdor ham aynan o‘sha shaxs degan qarash uchraydi. Ammo qonunchilikni tizimli tahlil qilganda masala boshqacharoq ko‘rinadi.
🔹 Avtomobilga mulk huquqi qaysi paytda vujudga keladi?
🔹 YHXXdagi davlat ro‘yxati mulk huquqini yaratadimi yoki transport vositasini faqat hisobga qo‘yadimi?
🔹 Meros guvohnomasi va texpasportning huquqiy kuchi nimasi bilan farq qiladi?
🔹 Nega VMning 683-son va 726-son qarorlarida bir-biriga mos kelmaydigan yondashuv mavjud?
🔹 Bu nomuvofiqlik notarial amaliyotda qanday muammolar tug‘dirmoqda?
Yangi maqolamizda fuqarolik-huquqiy titul bilan transport vositasini davlat hisobiga qo‘yish o‘rtasidagi farq, amaliy kazus va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar tahlil qilindi.
Asosiy savol bitta: texpasport mulk huquqini yaratadimi yoki faqat mavjud huquq asosida transport vositasining davlat hisobidagi holatini tasdiqlaydimi?
30 октября 2026 г. 9:26
🎙Kanalimizga yangi a'zo bo'lganlar, bir bor ushbu auidopodcastni eshitsa, albatta foydali bo'ladi.
Toshkent davlat yuridik universiteti Rektori
Baxshillo Xodjayev - Ota-onam ishonchini oqlash uchun tun-u kun o'qishga tayyor edim
🔖 Suhbat link
30 октября 2026 г. 9:17
🖼Фото
700 ta bo’lishimizga 9 ta qolibdi
https://youtube.com/@suhbatpodcast?si=duNli97z3_ql-66g
@InoyatovN
29 октября 2026 г. 8:43
🎙 Qarz, shartnoma va majburiyat
Oddiy va’da qachon yuridik majburiyatga aylanadi? Uch kishi birgalikda qarz olsa, barcha qarzni ulardan bittasi to‘lashi mumkinmi? Hisobingizga adashib tushgan pul sizniki bo‘lib qoladimi?
📌 “SUHBAT” podkastining ushbu sonida majburiyat huquqini kundalik hayotdagi misollar orqali muhokama qilamiz. Qarz, oldi-sotdi, ijara va xizmat ko‘rsatish munosabatlarida taraflarning huquq va vazifalari qanday belgilanishi, majburiyatlar shartnomadan tashqari qanday asoslarda yuzaga kelishi haqida suhbatlashamiz.
Kreditor va qarzdor kimligi, ulushli va solidar majburiyatlarning farqi, talab huquqini hamda qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, umumiy qarzni to‘lagan shaxsning qaytarma talabi — regress masalalarini ko‘rib chiqamiz. Majburiyatni bajarishda muddat, joy, sifat va usulning ahamiyati, uchinchi shaxs orqali yoki bo‘lib-bo‘lib bajarish hamda to‘lovni hujjat bilan tasdiqlash haqida ham gaplashamiz.
✏️ Sizningcha, qarz va shartnoma munosabatlarida eng ko‘p nizoga sabab bo‘ladigan holat qaysi? Izohlarda yozib qoldiring.
🔔 “SUHBAT”ga obuna bo‘ling va bizni kuzatishda davom eting!
🔖 Suhbatni tamosha qilish uchun bosing
😎 YouTube 😎 Instagram
27 октября 2026 г. 13:44
Quruvchi shartnomadagi kvartira o‘rniga boshqa kvartirani berishi mumkinmi?
Qurilayotgan uy uchun shartnoma tuzib, pulini to‘lagansiz. Shartnomada muayyan blok, qavat, kvartira va maydon ko‘rsatilgan. Biroq quruvchi keyinchalik: “Maydoni bir xil, boshqa blokdagi kvartirani beramiz”, demoqda. Bunga rozilik berish shartmi?
Yo‘q. Bir xil maydondagi kvartiralar huquqiy jihatdan aynan bir obyekt hisoblanmaydi.
Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga ko‘ra, majburiyat shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq bajarilishi kerak. Agar shartnomada H-blokdagi muayyan kvartira ko‘rsatilgan bo‘lsa, quruvchi aynan shu kvartirani topshirishi shart.
Ushbu kodeksning 237-moddasi esa majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishni taqiqlaydi. Demak, quruvchi xaridorning roziligisiz kvartiraning bloki, qavati, raqami yoki boshqa muhim belgilarini o‘zgartira olmaydi.
Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq, shartnoma, odatda, faqat taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartiriladi. Kodeksning 384-moddasi bo‘yicha esa bunday kelishuv dastlabki shartnoma bilan bir xil shaklda rasmiylashtirilishi kerak. Shu sababli xaridor boshqa kvartiraga rozi bo‘lsa ham, og‘zaki va’da yetarli emas – yozma qo‘shimcha kelishuv tuzilishi shart.
Boshqa kvartira avval boshqa shaxsga va’da qilingan bo‘lsa-chi?
Bunday kvartirani qabul qilishni tavsiya qilmaymiz. Fuqarolik kodeksining 393-moddasiga ko‘ra, oldi-sotdi munosabatlarida sotuvchi mol-mulkni uchinchi shaxslarning huquqlaridan xoli holda topshirishi shart. Boshqa fuqaro bilan tuzilgan shartnoma esa o‘sha shaxsning kvartiraga nisbatan talab qilish huquqini vujudga keltiradi.
Shuning uchun quruvchining “avvalgi masalani o‘zimiz hal qilamiz” degan og‘zaki va’dasiga ishonib hujjat imzolash tavsiya etilmaydi. Avvalgi shartnoma rasman bekor qilinishi yoki avvalgi xaridor, yangi xaridor va quruvchi o‘rtasida uch tomonlama kelishuv tuzilishi kerak.
Yangi kvartirani qabul qilishdan oldin quyidagilar tekshirilishi lozim:
– avvalgi shartnoma rasman bekor qilinganmi;
– kvartira boshqa shaxsga sotilmagan yoki va’da qilinmaganmi;
– kvartira garovda, taqiqda yoki sud nizosida emasmi;
– loyiha hujjatlarida kvartiraning raqami, maydoni va joylashuvi qanday ko‘rsatilgan;
– qo‘shimcha kelishuvda yangi blok, qavat, kvartira raqami, maydoni, narxi va topshirish muddati aniq yozilganmi;
– uchinchi shaxslar da’vosi yuzaga kelganda quruvchining javobgarligi belgilanganmi.
Ushbu masalalar hal qilinmasdan turib, dastlabki kvartiradan voz kechish, “e’tirozim yo‘q” mazmunidagi hujjat yoki yangi kvartirani qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik kerak.
Agar xaridor almashtirishga rozi bo‘lmasa, quruvchiga shartnomada ko‘rsatilgan kvartirani topshirish haqida yozma talab yuborishi mumkin. Talab bajarilmasa, sud orqali shartnomani asl holida bajarishni, shartnomani bekor qilib pulni qaytarishni, penya va zararni undirishni talab qilish mumkin.
Fuqarolik kodeksining 324-moddasiga ko‘ra, majburiyatni bajarmagan qarzdor yetkazilgan zararni qoplashi shart. Shartnoma mazmunan oldindan haq to‘langan oldi-sotdi shartnomasi bo‘lsa, Kodeksning 420-moddasi asosida xaridor haqi to‘langan mol-mulkni topshirishni yoki pulini qaytarishni, 327-moddaga muvofiq esa tegishli foizlarni talab qilishga haqli.
Sudga murojaat qilganda nizoli kvartirani boshqa shaxsga sotish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni vaqtincha taqiqlash chorasi qo‘llanishini ham so‘rash zarur.