8 ноября 2026 г. 4:34
🖼Фото
Hurmatli tibbiyot sohasining fidoyi xodimlari!
Sizlarni kasb bayramingiz — Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Inson salomatligi va hayotini asrash, xalqimizning turmush sifati va farovonligini ta’minlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Zero, sog‘lom jamiyat — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim poydevoridir.
Bugun Prezident Sh.Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida tibbiyot tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va manzilli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, sohani raqamlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda tibbiyot muassasalarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu islohotlarning hayotiy natijasi, eng avvalo, o‘z kasbiga sadoqatli, yuksak bilim va malakaga ega, tashabbuskor va mas’uliyatli tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati bilan chambarchas bog‘liq.
Sizlar nafaqat insonlar salomatligini asrash, balki jamiyatda inson qadri, mehr-oqibat va ijtimoiy ishonchni mustahkamlashga ham beqiyos hissa qo‘shmoqdasiz. Har bir bemorga ko‘rsatilgan e’tibor, har bir inson hayotini saqlab qolish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz yuksak ehtiromga munosib.
El salomatligi yo‘lidagi sharafli xizmatlaringiz hamisha qadr topsin, xalqimizning minnatdorligi va e’tirofi sizlarga doimo hamroh bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
