26 октября 2026 г. 5:16
🖼Фото · 5 шт.
💡 “INNOWEEK-2026” INNOVATSION TAŞABBUSLAR KÖRGAZMASI BÖLIB ÖTDI
🚀Mamlakatimizda innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlash, yoşlarning intellektual salohiyati va taşabbuslarini röyobga çiqarishga qaratilgan islohotlarni davom ettiriş va ilg‘or g‘oyalarni amaliyotda qöllaş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✨"Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar" shiori ostida Andijon Yoşlar Texnoparkida ötkazilgan “InnoWeek-2026” innovatsion g‘oyalar körgazmasida institutimiz Startap klubi koordinatorlari Ş.Komiljonov,G.Şerboyeva, M.Raximberdiyeva, S.Örinboyevalar istiqbolli startap loyihalari bilan faol iştirok etib, yoşlar orasida yangilik yaratişga bölgan intiliş, izlaniş va taşabbuskorlikning yorqin namunasini namoyon etdilar.
👍 Saralash bosqiçida tanlangan eng yaxşi loyihalar 27–29-oktabr kunlari Toshkent şahridagi CAEx körgazmalar majmuasida bölib ötadigan “InnoWeek.Uz–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida iştirok etish uchun tavsiya etildi.
🕸Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
✈️adchti.uz
📱Facebook 😎 Instagram
📱 Telegram
20 октября 2026 г. 14:00
🖼Фото · 7 шт.
YOSH INNOVATORLAR MAKTABI: STARTAP LOYIHALAR SARI
Institutda talabalar o‘rtasida innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda startap loyihalarini shakllantirish maqsadida pilot guruh talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening Startap klubi rahbari va koordinatorlari tomonidan olib borilib, unda startap tushunchasi, istiqbolli g‘oyalarni aniqlash, ularni loyiha shakliga keltirish hamda amalga oshirish bosqichlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek,Startap klub rahbari M.Mirzakarimova,koordinator Gullola Sherboyeva, INNOX biznes-inkubator va akselerator dasturi bitiruvchisi A.Toxirov talabalarga o‘z g‘oyalarini rivojlantirish, muammolarga innovatsion yechimlar taklif etish va startap loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Mazkur seminar-trening talabalarning innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,hamda startap ekotizimida faol ishtirok etishlariga zamin yaratishga xizmat qiladi.
🕸Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
✈️adchti.uz
📱Facebook 😎 Instagram
📱 Telegram
20 октября 2026 г. 11:08
🖼Фото · 4 шт.
▶️STARTAPLARNI SINOVDAN O'TKAZISH VA TEXNIK BAHOLASH USLUBI" MAVZUSIDA SEMINAR- TRENING TASHKIL ETILDI
🚀 Talabalarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish, startap loyihalarini amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazish hamda ularni texnik baholash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Startaplarni sinovdan o‘tkazish va texnik baholash uslubi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🔥 Seminar davomida ishtirokchilarga startap loyihalarini sinovdan o‘tkazish bosqichlari, texnik imkoniyatlarini tahlil qilish, loyihalarning samaradorligi va amaliy ahamiyatini baholash usullari haqida M.Mirzakarimova tomonidan ma’lumotlar berildi.
💻 Shuningdek, talabalar o‘z innovatsion g‘oyalarini ilgari surish, mavjud startap loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
💡 Mazkur seminar-trening yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli startap loyihalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
🕸Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
✈️adchti.uz
📱Facebook 😎 Instagram
📱 Telegram
15 октября 2026 г. 14:15
🖼Фото · 4 шт.
🚀 KELAJAK INNOVATORLARI: MAKTAB O‘QUVCHILARI STARTAP OLAMIDA
🏫 Izboskan tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun startap loyihalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
👩💻 Seminar Andijon davlat chet tillari instituti Startap klubining startaplarni dasturlash bo‘yicha koordinatori Gullola Sherboyeva tomonidan olib borildi.
💡 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga startap tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, innovatsion g‘oyalarni shakllantirish hamda ularni amaliy loyiha sifatida rivojlantirishning dastlabki bosqichlari haqida ma’lumot berildi.
📚 Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, innovatsion fikrlashini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Mazkur seminar o‘quvchilarni yangi g‘oyalar ustida izlanishga, tashabbuslarini rivojlantirishga hamda kelajakda o‘z innovatsion loyihalarini yaratishga undashga qaratildi.
🕸Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
✈️adchti.uz
📱Facebook 😎 Instagram
📱 Telegram
15 октября 2026 г. 13:54
🖼Фото · 3 шт.
🚀 YOSHLAR INNOVATSIYASI VA TADBIRKORLIK SARI MUHIM QADAM
🎓 Andijon davlat chet tillari institutining 6 nafar iqtidorli talabasi Yoshlar texnoparkida INNOX biznes-inkubator va akselerator dasturi doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslarining 8-mavsumini muvaffaqiyatli yakunlab, maxsus sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
💡 Mazkur dastur yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda istiqbolli loyihalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashishga qaratilgan.
📚 Kurslar davomida talabalar biznesni rejalashtirish, startap loyihalarni ishlab chiqish, jamoada ishlash hamda muammolarga ijodiy yondashish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
👏 Institut jamoasi talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi hamda ularning kelgusi ilmiy-innovatsion izlanishlari va tadbirkorlik tashabbuslarida ulkan yutuqlar tilaydi!
🕸Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
✈️adchti.uz
📱Facebook 😎 Instagram
📱 Telegram